Moskvada Islom Karimov haykali ochilish arafasida

© SputnikPodgotovka k otkritiyu pamatnika Islamu Karimovu v Moskve
Podgotovka k otkritiyu pamatnika Islamu Karimovu v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva markazida, O‘zbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov haykali o‘rnatildi va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Moskva markazida O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali o‘rnatildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Haykal Polyanka metro bekati va O‘zbekiston elchixonasi yaqinida, 1 Kazachiy ko‘chasidagi 13 uy va Bolshaya Polyanka ko‘chasidagi 39 uylar orasida, Islom Karimov  nomli xiyobonda joylashgan.

Ayni damda haykal oq mato bilan o‘ralgan, uning atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston elchixonasi haykalning ochilish sanasi hozircha noma’lum ekanini xabar qilmoqda. 

© SputnikPodgotovka k otkritiyu pamatnika Islamu Karimovu v Moskve
Moskvada Islom Karimov haykali ochilish arafasida - Sputnik O‘zbekiston
Podgotovka k otkritiyu pamatnika Islamu Karimovu v Moskve

Ushbu monument Moskva shahriga Islom Karimov fondi tomonidan taqdim etilgan. Haykal muallifi britaniyalik haykaltarosh Pol Dey. Monumentda O‘zbekiston Birinchi prezidenti Samarqand shahridagi Registon maydonida tasvirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Moskvada Islom Karimov haykali o‘rnatish va xiyobonlardan biriga O‘zbekiston Birinchi prezidenti nomini berish haqidagi qaror Moskva shahar ma’muriyati tomonidan 2016-yilda qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0