13:53 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Namanganlik bosar-tusarini bilmay qolgan Leksus mingan ayollar...  

© Sputnik / Ruslan Krivobok
Jamiyat
Havola olish
210401

Namanganda YPX xodimlarini haqorat qilgan bir guruh ayollar butun Oʻzbekistonga “mashhur” boʻlishdi.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Namanganda bir necha ayol va YPX xodimlari orasidagi mojaro Ijtimoiy tarmoqlardagi Maslahat guruhiga joylashtirildi. 

SveimliTV tomonidan suratga olingan videolavhada, ayol haydovchi yoʻl patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga boʻy soʻnmasdan, avtomobil hujjatlarini taqdim etishdan bosh tortgan. Ayolga tegishli boʻlgan “Leksus” avtomobili toʻxtatilib, jarima maydonchasiga joylashtirmoqchi boʻlinganda, voqea joyiga bir guruh “qoʻllab-quvvatlovchi” ayollar yetib kelishgan. Ular orasida yoshi oʻrta yoshdan kattaroq boʻlgan onaxon ham boʻlgan.

Ular “ittvachalar”, "hammangni qamataman”, “davlatingni boshingga ur", “senlar bu moshinani koʻrolmaysizlar” kabi qoʻpol iboralar bilan xodimlarni haqorat qilib, kuch va qoʻrqituv bilan vaziyatni oʻz foydalariga hal qilmoqchi boʻlishgan.

“Ushbu avtomobil bugun ikkita postda xodimlarimizning qonuniy talablariga boʻy sunmay toʻxtamasdan oʻtib ketgan. Undan tashqari avtomobil yon oynalariga, qonunga xilof ravishda, qora pardalar tutib olingani aniqlandi” – deydi YPX xodimi.

Ushbu videolavha ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilganidan soʻng koʻplab izohlarga sabab boʻldi. Aksariyat fuqrolar videolavha “qahramonlari”ning bunchalik qoʻpolligidandan hayratgan tushishdi.

Kimdir “Kim uzi bular, qaysi Prokurorning yoki Xokim buvaning qarindoshi yoki yaqini bular shu darajagacha borishib?”- desa, boshqalar – Bular bozorchi yokisavdogar yoki sobiq valyutafurushlar deya gumon qildi.

Nima boʻlganda ham, bunday xulq atvor oʻzbek ayoliga mutlaq yarashmas ekan. Nahot bularning hammasiga bir qimmat moshina saba boʻlsa? Koʻrmaganni koʻrgani qursin, deganlari shu boʻlsa kerak.Ushbu ayollar leksus emas, Rolls Roys yoki Bentli minganda nimalar boʻlishini tasavvur qilishga ham odam qoʻrqadi.

Asosiy mavzular