17:42 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
388 0 0

Samarqandda, shahar kuni munosabati bilan, jamoat transporti yoʻlovchilarga bepul xizmat qilmoqda.  

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Bugun Samarqandda avtobuslar yoʻlovchilarga bepul xizmat qilmoqda, deb xabar qildi “Zarafshon” nashri.

“Bugun, 18 oktyabr - Samarqand shahri kunining ommaviy sayil tarzida oʻtishi, qolaversa, Samarqand mehmonlari va samarqandliklarga bayramga tuhfa hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekiston avtomobil transport agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi yoʻlovchilarga imtiyoz joriy qildi”, - deyilgan xabarda.

“Samarqand shahridagi barcha yoʻnalishlarda qatnovchi avtobuslar bugun ertalabdan kechgacha yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi. Maqsadimiz - shahrimiz aholisiga bayram kayfiyati ulashish”, - deb boshqarma xodimi Sherali Neʼmatovning soʻzlarini keltirgan nashr.

Eslatib oʻtamiz, “Samarqand shahri kuni” bayrami 1996 yil 18 oktyabrda, Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bagʻishlangan tantanada, Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan belgilangan edi. Samarqand shahri 3000 yildan ortiq vaqt mobaynida Oʻrta Osiyoda ilm, savdo-sotiq va hunarmandchilikning yirik markazlaridan biri hisoblanadi. 

Asosiy mavzular