22:33 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Tseremoniya otkrыtiya pamyatnika pervomu prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu v Moskve

Moskvada Islom Karimov haykali ochildi

© Sputnik / Igor Pantin
Jamiyat
Havola olish
82320

Ochilish marosimida Oʻzbekiston Oliy Majlis Senat raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev, birinchi prezident rafiqasi Tatyana Karimova, Oʻzbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va Oʻzbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Moskvada Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali ochildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev, Oʻzbekiston birinchi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova, Oʻzbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va Oʻzbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi.

Rossiya tomonidan Sovet Federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Nikolay Fedorov, Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Grigoriy Karasin, Moskva meri oʻrinbosari Aleksandr Gorbenko va diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Otkrыtiye pamyatnika Islamu Karimovu v Moskve
© Sputnik /
Otkrыtiye pamyatnika Islamu Karimovu v Moskve

Moskvadagi Islom Karimov haykali muallifi – britaniyalik haykaltarosh Pol Dey.

Haykal Moskvadagi “Polyanka” metro bekati va Oʻzbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov nomli xiyobonda joylashgan. Monumentda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov Samarqand shahridagi Registon maydonida tasvirlangan.

Asosiy mavzular