10:02 05 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Jamiyat
Havola olish
143 0 0

Bojxona organlarining doimiy yashash joyidan uzoqda xizmat qiluvchi xodimlarga ijara kompensatsiyasi toʻlash normalar kiritildi.

TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun (yangi tahrirda) prezident tomonidan imzolandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining Telegram-kanali.

Qonundagi asosiy oʻzgarishlar: 

- bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi;

- tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun bojxona organlari xodimlarining javobgarligi oshirildi;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-tamoyillarida shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash boʻyicha normalar kiritildi;

- bojxona faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazorat texnik vositalarini tatbiq etish bojxona organlarining asosiy vazifalari qatoriga kiritildi;

- bank idoralariga inkasso topshiriqnomalari hamda taqdimnomalarini elektron shaklda taqdim etish amaliyoti kiritildi;

- bojxona organlari prezident tomonidan tashkil qilinishini belgilovchi yangi norma kiritildi; 

- bojxona organlari xodimlari xizmat majburiyatini bajarishi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishi chogʻida jismoniy kuch ishlatish, maxsus vosita va oʻqotar qurolini foydalanishi shartlari, taqiqlari hamda xodimlarning huquq, majburiyat va javobgarligi belgilandi;

- bojxona organlarining doimiy yashash joyidan uzoqda xizmat qiluvchi xodimlarga ijara kompensatsiyasi toʻlash, uy-joyga muhtoj va koʻp yil benuqson xizmat qilgan xodimlarga uy-joy qurish yoki kvartira xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar, yer uchastkalari ajratish haqidagi normalar kiritildi; 

- bojxona organlari xodimlari va ularning oila aʼzolariga tibbiy muassasalar bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy taʼminot bilan taʼminlashning huquqiy asoslari belgilandi. 

Asosiy mavzular