20:13 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Rossiya prezidentining samolyoti nimalarga qodir?

© Sputnik / Mixail Klimentyev
Jamiyat
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
325050

Rossiya prezidenti Oʻzbekistonga maxsus samolyotda uchib keldi. Uning nomi - Havo qoʻmondonlik punkti Tu-214PU.

TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu safar oʻzining rasmiy tashrifini yangi maxsus samolyot - TU-214 PUda amalga oshirmoqda. Keling ushbu samolyot bilan yaqinroq tanishaylik.

Samolyotning toʻliq nomi - Havo qoʻmondonlik punkti Tu-214PU. Samolyot davlat oliy rahbariyatining – Prezident va Hukumat raisining xorijiy parvozlari uchun moʻljallangan.

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Havo boshqaruv punkti Tu-214PU

Prezident samolyoti Tu-214ning maxsus modifikatsiyasi boʻlib, u Rossiya Prezident ishlari boshqarmasi buyurtmasiga binoan, Qozon aviatsiya zavodida ishlab chiqarilgan. Samolyotining ilk parvozi 2010 yilning 12 mayida amalga oshirilgan.

Prezident samolyoti yoki Bort №1, koʻplab talablarga javob berishi kerak. Bu xavfsizlik, qulaylik, har qanday aerodromda qoʻnish va ucha olish imkoniyati, lekin uning eng asosiy vazifasi – har qanday vaziyatda prezidentni aloqa bilan taʼminlashdir.

Prezident uchun eng muhimi - aloqa

Ushbu maqsadda samolyot maxsus aloqa vositalari bilan jihozlangan. Eʼtibor berib qarasangiz samolyot ustida uzun antenna joylashtirilgan. Ushbu antenna prezidentni sputnik, uyali aloqa va radio aloqasi bilan taʼminlaydi. Rossiya prezidentining eng asosiy aloqa turi bu – radiorele aloqasidir, deb yozadi RIA Novosti.

Press-slujba KAPO im. S.P.Gorbunova
Havo boshqaruv punkti Tu-214PU

Radiorele aloqa turi bir chiziqda joylashgan bir necha antennalar yordamida amalga oshiriladi. Bu oson ish emas albatta, lekin radiorele aloqasiga xalal berish yoki noqonuniy eshitib olishning iloji yoʻq. Shuning uchun aynan radiorele aloqa turi - eng ishonchli va himoyalangan aloqa hisoblanadi. Undan tashqari ushbu aloqa turi orqali maʼlumotni katta tezlikda uzatish mumkin.

Prezident uzoq hududlarga safar qilganda asosiy prezident samolyotidan tashqari maxsus aloqa samolyoti TU-214SR ham uni kuzatib boradi. Uning asosiy vazifasi prezidentni uzuluksiz aloqa bilan taʼminlashdir.

Albatta “1-Bort” ichida barcha qulayliklar yaratilgan: kabinet, muzokaralar xonasi, dam olish xonasi, yotoqxona va dush mavjud.

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Havo boshqaruv punkti Tu-214PU

Texnik xususiyatlari

TU-214 yoʻlovchi samolyoti Tupolev konstruktorlik byurosi tomonidan 2000 yillar boshida ishlab chiqarilgan. Samolyotning ilk sinov parvozlari 2009 yilda boʻlib oʻtgan. Samolyotning turli modifikatsiyalari mavjud. Ular orasida yoʻlovchi, aloqa, kuzatuv va razvedka samolyotlari bor.

TU-214PU - qoʻshimcha yonilgʻi baklari bilan jihozlangan boʻlib uning umumiy uchish uzoqligi 10500 kilometrni tashkil qiladi. Undan tashqari samolyot bir necha qoʻshimcha generatorlar bilan jihozlangan.  

Qanotlar kengligi: 42 metr
Uzunligi: 46,2 metr
Balandligi: 13,9 metr
Qanot maydoni: 182,4 m2
Ogʻirligi, boʻsh samolyot: 59000
Eng katta uchish ogʻirligi: 110750
Dvigatellari: 2 dona TVRD PS-90A
Eng katta tezligi: nomaʼlum
Kreyser tezligi: 850 km/soat
Eng katta balandligi: 12000 metr

Samolet Tu-214PU
© Sputnik / Vladimir Sergeyev
Havo boshqaruv punkti Tu-214PU
Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular