Beeline O‘zbekistonda birinchi olimpiya standartlariga mos basseyn qurdi

© BilaynOtkritie basseyna Bilayn
Otkritie basseyna Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bilayn kompaniyasi bo‘lajak chempionlarga olimpiya standartlariga mos basseyn qurib berdi.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Bugun tantanali ravishda Beeline Uzbekistan rahbariyati O‘zbekistonda birinchi olimpiya standartlariga mos ravishda qurilgan basseynni Respublika Olimpiya rezervlari kollejiga topshirdi.

© BilaynSeremoniya otkritiya basseyna Bilayn
Beeline O‘zbekistonda birinchi olimpiya standartlariga mos basseyn qurdi - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya otkritiya basseyna Bilayn

Basseyn tantanali ochilish marosimida Milliy Olimpiya qo‘mitasi vakillari, Bolalar sportini rivojlantirish fondi, Axborot texnologiyalari vazirligi vakillari, Beeline kompaniyasi rahbariyati va OAV vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

“Biz ushbu obyektga nafaqat mablag‘ va resurslarimizni, balkim bu yerda bo‘lajak chempionlar yetishib chiqishiga ishonchimizni ham qo‘shdik. Jamoamiz qo‘lidan kelgan barcha ishni  1000% bajardi”, - dedi Beeline kompaniyasi rahbariyati.

Basseyn qurilishi bilan shug‘ullangan kompaniya vakillari xabariga ko‘ra, ushbu sport majmuasining uzunligi 50 metr eni 25 metr bo‘lib, u sportchilarni olimpiada tayyorlash  uchun barcha kerakli talablarga javob beradi. Basseynda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun barcha kerakli uskunalar ham bor. Bu yerda ham nazariy ham amaliy mashg‘ulotlar o‘tish mumkin.

© NOK UzbekistanaV kolledje Olimpiyskogo rezerva Uzbekistana sostoyalas torjestvennaya seremoniya otkritiya novogo basseyna
Beeline O‘zbekistonda birinchi olimpiya standartlariga mos basseyn qurdi - Sputnik O‘zbekiston
V kolledje Olimpiyskogo rezerva Uzbekistana sostoyalas torjestvennaya seremoniya otkritiya novogo basseyna

Basseyn qurilishida Ispaniya va Daniyadan olib kelingan uskunalar, start tumbalari, yo‘laklarni bo‘lish tasmalari, suv osti chiziqlari va boshqa jihatdan xalqaro FINA tashkilotining barcha talablariga javob beradi.

Isitish moslamalari o‘rnatilgan basseyn yil butun yil davomida ishlashga mo‘ljallangan. U yerda o‘rnatilgan aqlli tizim suv sifatini avtomatik ravishda tekshirib, kerak bo‘lganda uni tozalab turadi.  

Ayni damda basseyn xalqaro musobaqalar o‘tkazish uchun ham  mutlaq tayyor. Unda kerakli tablo va maxsus finish panellari ham o‘rnatilgan. Shuningdek basseynda sportchilar uchun yechinish va dam olish xonalari ham bor.

Yangiliklar lentasi
0