Xodjayeva: O‘zbekiston ayollari - bu ulkan kuchdir

© Foto : iz lichnogo arxiva Sayyori XodjayevoySayyora Xodjayeva
Sayyora Xodjayeva  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Demokratiya va inson huquqlari instituti BMT tasviyalari asosida O‘zbekistonda ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik choralarni tatbiq etadi.

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva davlat organlarida ayollar sonini ko‘paytirish bo‘yicha vaqtinchalik maxsus choralarini tatbiq etilishini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Norboyeva siyosat va ayollar, zo‘ravonlikka qarshi qonun hamda o‘zgarayotgan nikoh yoshi haqida

Xodjayevaning so‘zlariga ko‘ra, bu sohada ijobiy o‘zgarishlar 2000-yil o‘rtalarida boshlandi. Biroq bugungi kunda hukumat organlarida ayollar soni talabga javob bermaydi.

“Bizda parlamentda ayollar soni 22-24 % tashkil qilgan vaqt bo‘lgan. Oldingi 6-7 % bilan taqqoslaganda bu taraqqiyot, biroq bugungi kunda biz yana kamayish tendensiyasini kuzatib turibmiz. Bizda hali-xanuz bironta xokim-ayol, elchi bo‘lgani yo‘q, vazirliklarda ham ayollar juda kam. Hattoki, oliygoh rektorlari orasida ular yo‘q. Ayniqsa, pedagogik sohada juda foydali bo‘lishi mumkin edi”, - dedi Sayyora Xodjayeva.

Shuning uchun Sayyora Xodjayeva Demokratiya va inson huquqlari institutidagi hamkasblari bilan birgalikda O‘zbekistonda BMT tomonidan tasviya etilgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik choralarni tatbiq etmoqchi. Aslida bu ijro va qonunchilik organlarida ayollar uchun o‘rinlar bo‘yicha kvotalar degani.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollar bilan ishlarni to‘g‘ri tashkil qilishga e’tibor qaratish zarur.

“Ayollar ayollarga ovoz bermasligi bu - nonsens, saylovchilarning atigi 17 foizi ayol-nomzodlariga ovoz beradi. Demak, odamlarda ishonch yo‘q. Biz bu yo‘nalishda ishlaymiz”, - deb qo‘shimcha qildi Xodjayeva.

Ayollarning qiyinchiliklari haqida gapirilganda, Xodjayeva steriotiplar va mentalitet muhim rol o‘ynashinini ta’kidladi.

“Tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, erkaklar bilan ishlash qiyin, ular ma’lum bosim o‘tkazishadi. Ayol bir nimaga qodirligini ko‘rsatish va isbotlash uchun ikki baravar ko‘proq ishlashi zarur. Kimdir, albatta, birinchi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng taslim bo‘ladi. Biroq, yana harakat qilib, takomillashish kerak”, - dedi ekspert.

Zo‘ravonlik muammosini oldini olish: ayollar uchun “ishonch telefoni” ishga tushirildi

Shu kunlarda Toshkentda “Mamlakatning demokratik yangilanishi va  modernizatsiyasida ayollarningo‘rni: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzuyida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi milliy va xorijiy sheriklar bilan tashkil qilindi.

Forum ishida ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar, huquq himoyachilari va turli jamoat institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Konferensiya yakunida O‘zbekistonda ayollar maqomi va rolini ko‘tarish bo‘yicha tavsiyalar qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0