22:14 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Dvorniki na ulitse v Dushanbe, arxivnoye foto

Oʻzbekistonda mardikorchilik, kirakashlik va uy-xizmatlari uchun patent joriy etiladi

© Sputnik / Amir Isayev
Jamiyat
Havola olish
311220

Kirakashlik va mardikorchilik bilan shugʻullanishni istaganlar bir yillik faoliyat uchun eng kam ish haqining 4,5 baravari miqdorida patent toʻlovini amalga oshirishlari kerak boʻladi.

TOSHKENT, 8 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonda mehnat bozoridagi asosiy muammolardan biri bu norasmiy sektorda bandlik darajasi kattaligidir, bunda barcha ishlovchilarning 56%i jamlangan, deyiladi Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev tomonidan tayyorlangan bayonotda.

Taʼkidlanishicha, aynan shu holat qator salbiy oqibatlarga olib kelmoqda - davlat byudjetiga soliq toʻlovlari kelib tushmayapti, tekin yeb yotish kayfiyati shakllanmoqda va bu holat istiqbolda pensiya tizimiga ham oʻz "yukini" tushirmoqda.

Ushbu muammoni hisobga olgan holda, mavjud "soyada" boʻlib kelayotgan: ustachilik, mardikorchilik, kirakashlik, uy xizmatlari va shunga oʻxshash faoliyat turlariga patent tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bunda bir yillik faoliyat uchun eng kam ish haqining 4,5 baravari miqdorida patent toʻlovini amalga oshirish kerak boʻladi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda mehnat munosabatlarini legallashtirish maqsadida: "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi qonunning yangi tahriri chiqarilishi koʻzda tutilgan.

Hujjat ishga joylashishning yangi shakllari (autsorsing, autstaffing, masovafiy ish va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, elektron mehnat daftarchalari va elektron mehnat shartnomasiga oʻtish, vakansiyalarni yashirganlik va ishga asossiz qabul qilmaslik holatlari uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish koʻzda tutilmoqda.

Asosiy mavzular