Qidiruvda bo‘lgan firibgar O‘zbekistonga qaytarildi

© Sputnik / Pavel LisisinNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda katta miqdorda firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan shaxs, Rossiyada qo‘lga olindi.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. O‘zbekistonda firibgarlikda ayblanayotgan fuqaroni Rossiyada qo‘lga olinib O‘zbekistonga topshirildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.

“Moskva shahrida yashirinib yurgan namanganlik 33 yoshli Azimjon G. Toshketga jo‘natildi”, - deyilgan xabardi.

IIBB xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonda katta miqdorda firibgarlik jinoyatida ayblanib 2018-yilning may oyida xalqaro qidiruvga berilgan. O‘zbekiston jinoyat kodeksiga binoan ushbu jinoyat uchun eng kam oylik ish haqining 400–600 barobari miqdoridagi jarima yoki 8–10 yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo ko‘zda tutilgan.

Gumonlanuvchi Rossiya huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston IIV xodimlariga topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0