21:59 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Goroda mira. Kiyev

Ukraina jurnalist Oxunjonovni Oʻzbekistonga topshirishni rad etib, unga siyosiy boshpana berdi

© Sputnik / Stringer
Jamiyat
Havola olish
51521

Ukraina bosh prokuraturasi jurnalist Narzullo Oxunjonovni Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilinishini rad qildi. Oʻzbekistonda u firibgarlikda ayblanmoqda.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Jurnalist Narzullo Oxunjonov Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilinmaydi. Bu haqda Amnesty International Ukraine direktori Oksana Pokalchuk Facebookdagi sahifasida maʼlum qildi.

“1951 yil Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi konventsiyaning 33-moddasi, 1993 yil Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va  huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi konventsiyaning 19-moddasi  talablari asosida, <…> Sizda Oʻzbekiston Respublikasidan qochoq maqomingiz boʻlgani uchun qaror qabul qilindi”- deyilgan Ukraina bosh prokuraturasi javob xatida.

Oxunjonov Ukrainada 2017 yil 20 sentyabrda, Turkiyadan Ukraina poytaxti Kiyevga oilasi bilan uchib kelganidan soʻng hibsga olingan edi. Oxunjonovning hibsga olinishiga uning Oʻzbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgani asos boʻlgan. Bunga sabab firibgarlik boʻyicha ayblov boʻldi.

Jurnalist hibsda bir oyga yaqin vaqt boʻldi. Hozirgi vaqtda u Ukrainada qochoq maqomini olgan.

Bundan avval Rossiya juda koʻp miqdorda firibgarlikda ayblangan fuqaroni Oʻzbekistonga topshirdi. Ushbu jinoyat uchun eng ogʻir jazo – 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish.

Asosiy mavzular