21:32 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Provedeniye laboratornыx issledovaniy

Shifokorlar koʻkrak bezi saratonining yana bir sababini aniqlashdi

ADALBERTO ROQUE / AFP
Jamiyat
Havola olish
746 0 0

Olimlar aniqlashiga koʻra, erta yotib erta uygʻonuvchi ayollar kam holatlarda koʻkrak bezi saratoni kasalligiga duchor boʻlisharkan.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Bristol universiteti olimlari uyquga erta yotib, erta uygʻonuvchi ayollar, uyquga kech yotib, kech uygʻonuvchi  ayollarga nisbatan 40-48 % ga kamroq koʻkrak bezi saratoni duchor boʻlishdan yiroq boʻlishlarini aniqlashdi.

Gap, birinchi navbatda, uyqu bilan bogʻliq genetik markerlar haiqda bormoqda. Tadqiqot uchun 400 mingdan ortiq ayollarning  genetika maʼlumotlari tahlil qilindi, deb xabar qilmoqda VVS. 

Olimlar aniqlashiga koʻra, 100 nafar kech uxlab kech turadigan ayollar orasida 2 nafari, 100 nafar erta uxlab erta turadigan ayollar orasida esa 1 nafari koʻkrak saratoniga  chalinar ekan.

Genetikani kani yangicha tahili qilish uslubi olimlarga koʻkrak saratonini alkogol va tamaki isteʼmolidan tashqari boshqa faktorlar taʼsirini ham oʻrganib chiqishgan.

Tadqiqot natijasida meʼyoridan ortiq uyqu ham saraton kasaliga olib kelishi mumkinligini koʻrsatgan. Xususan,  kuniga 7-8 soatdan ortiq koʻp uxlaydiganlar koʻkrak bezi saratoniga  chalinish ehtimoli 20 %ga oshar ekan

Ushbu holatning aniq sabablari hozircha maʼlum emas. Bu ertalab ishlaydigan uyquga kech yotib, kech uygʻonuvchi ayollarning uyquga toʻymaganda his etadigan stressiga bogʻliq boʻlishi ham mumkin.

Bundan tashqari, saraton kasalligi va hayot tarzi organizmining ichki soati buzilishi va buning oqibatida gormon, immunitet, moddalar almashinuvi va boshqa jarayonlarga taʼsiri bilan tushunish mumkin.

Asosiy mavzular