21:31 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev

Nigʻmatilla Yoʻldoshev Valentina Matviyenkoni Oʻzbekistonga taklif qildi

© Sovet Federatsii Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii
Jamiyat
Havola olish
29810

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev Moskvada Valentina Matviyenko bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Oʻzbekiston Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev Rossiya Federal Kengashi spikeri Valentina Matviyenkoni Oʻzbekistonga taklif qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Sizga  qulay boʻlgan vaqtda Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qilishga ijozat berishingizni soʻraman”, dedi Nigʻmatilla Yoʻldoshev Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuvda. 

Eslatib oʻtamiz Oʻzbekiston Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev 6-8 noyabr kunlari rossiyada rasmiy tashrif bilan boʻlib, bir qator uchrashuvlar oʻtkazmoqda va muhim hujjatlar imzolamoqda.

Predsedatel SF Valentina Matviyenko provela vstrechu s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilloy Yuldashevыm
Predsedatel SF Valentina Matviyenko provela vstrechu s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilloy Yuldashevыm

Xususan, Rossiya Federal Kengashi va Oʻzbekiston Senati hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim shular jumlasidan.   

“Biz Rossiya va Oʻzbekiston davlatining ikki tomonlama munosabatlari rivojlanishiga katta ahamiyat beramiz. Oʻzbekiston parlament aʼzolari delegatsiyasi tashrifi davlatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga hamda parlamentlararo hamkorlikka kuchli turtki boʻladi”, - dedi imzolash yakunida Matviyenko.

Ilgariroq Oʻzbekiston parlementi yuqori palata raisi Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashgan edi. Parlamentariylar ikki davlat orasida munosabatlar jadal rivojlanayotganini va bunda prezidentlar muhim rol oʻynayotganini taʼkidlashdi. 

“Davlatlarimiz oʻrtasida munosabatlar rivojlanmoqda, taʼkidlash joizki, bu hammasi prezidentlarimiz tufayli. Ijroiya hukumati darajasida yuzaga kelgan munosabatlarimizni parlament doirasida hamkorligimizni mustahkamlash uchun hamma narsani qilish va ortda qolmaslik biz uchun muhim, albatta”, - dedi Volodin.

“Bu, birinchi navbatda soʻnggi yilda yangi sifatli darajaga koʻtarilgan Rossiya - Oʻzbekiston sherikchiligini kuchaytirishga qaratilgan”, - dedi oʻz navbatida Yoʻldoshev.

Oʻzbekiston Senati raisi soʻnggi yilda 80 oshiqroq delegatsiyalarning oʻzaro tashrifi, hukumatlararo komissiya majlisini samarali oʻtganini misol qilib koʻrsatdi.

Bundan tashqari, u Oʻzbekiston viloyatlari Rossiyaning 28 subʼyektlari bilan sherikchilik munosabatlarini oʻrnatgani, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga oktyabr oyidaga tashrifi esa davlatlar oʻrtasidagi “keng koʻlamdagi hamkorlikka kuchli turtki boʻlgani”ni taʼkidladi.

Yoʻldoshevning soʻzlariga koʻra, talabga ehtiyoji boʻlgan mahsulotlarni oʻzaro yetkazish berishni oshirish, infratuzilma va hamkorlik investitsion loyihalarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Asosiy mavzular