Dekabrdan O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobarga oshadi

© Sputnik / Yakov Andreyev / Mediabankka o‘tishMontaj vishek sotovoy svazi v Tomskoy oblasti
Montaj vishek sotovoy svazi v Tomskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda mutaxassislar texnik ishlarini tugatishmoqda. Foydalanuvchilar internet tezligi oshganini dekabr oyining boshidan sezishlari mumkin.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekistonda dekabr oyidan boshlab internet tezligi 10 barobarga oshiriladi, deb xabar qildi O‘zA.

“Shu yilning 1-dekabr sanasidan O‘zbekistonda internet tezligi aynan Prezident aytganidek, 10 barobarga oshiriladi. Hozirda texnik ishlar yakuniga yetkazilmoqda. Xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalarda internet 10 barobarga tezlashishi qayd etilgan,” – deyilgan xabarda “O‘zbektelekom” AK mas’ul xodimi Yunus Kamolovning so‘zlariga asosan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 24-dekabr kuni O‘zbekiston Parlamentga qilgan Murojaatnomasida  2018 yilda internet tezligi 2,5 barobarga oshirilishi aytgandi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 60 % uyali aloqa va uyali internet bilan ta’minlangan xolos. 2025-yilga kelib uyali aloqa operatorlari O‘zbekistonda 5G tijorat tarmog‘ini ishga tushirishni rejalashtirishgan.

Yangiliklar lentasi
0