“O‘zbektelekom” internet tezligi qanday oshirilishini aytib berdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPuchok opticheskogo volokna
Puchok opticheskogo volokna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internet tezligini oshirish uchun Respublikaga 20 dan ortiq xorijiy mutaxassislar taklif qilingan, yuzlab kilometr optik tolali tarmoqlar qurilgan.

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekistonda Internet tezligi kay tariqa 10 barobarga oshishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Sputnik muxbirining ushbu mazmundagi savoliga kompaniya vakili, tushunish oson bo‘lishi uchun, quyidagi tarzda javob berdi. 

"Tasavvur qiling, oldin bitta 200talik truba bo‘lgan bo‘lsa, hozir uning yoniga yana bir nechta ana shunday trubalar qo‘shiladi", - dedi "O‘zbektelekom" vakili. 

Kompaniya xabarida aytilishiga ko‘ra 2018-yil boshida tashqi Internet – kanallariga ulanish faqat ikkita xalqaro bog‘lama orqali amalga oshirilgan va yil boshida ushbu bog‘lamalar o‘z mahsuldorligining yuqori chegarasiga yetgan.

Setevoe oborudovanie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil oxiriga qadar internet tezligi 10 baravar oshadi

“O‘tgan 10 oy mobaynida, «O‘zbektelekom » AK da zarur takomillashish ishlari tizimli tahlil qilindi, kerakli uskunalar sotib olindi, dasturlar ishlab chiqildi va tashqi kanal imkoniyatlarini kengaytirish va provayderlar, operatorlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun Internet tarmog‘iga chiqish tezligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu yilning aprel oyida O‘zbekistonda internet tezligi 160 Gigabitdan 1,2 Terabitga oshishi xabar qilingan edi. Ushbu maqsadda “O‘zbektelekom” Respublikaga 35 ga yaqin yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni taklif qilgan, 2 ming  kilometr optik tolalari tarmoqlar qurishi aytilgan edi. 

Montaj vishek sotovoy svazi v Tomskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbektelekom" Qirg‘iziston orqali qo‘shimcha Internet kanalga ulandi

Undan tashqari avgust oyida O‘zbekiston Qirg‘iziston orqali qo‘shimcha xalqaro internet kanaliga ulanishi haqida ham xabar bergan edik. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Internet tezligi bilan bog‘lik jiddiy o‘zgarishlar Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 9-yanvardagi nutqidan boshlangan edi. Unda prezident O‘zbekistonda Internet tarmog‘iga ulanish narxini pasaytirish, shuningdek, ulanish tezligini oshirish, 2020-yilgacha MDH mamlakatlari darajasiga yetkazish topshirig‘ini bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0