21:12 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Komanduyuщiy pogranichnыmi voyskami SGB Uzbekistana general-mayor Ruslan Mirzayev

Afgʻon chegarasida Oʻzbekiston qanday himoyalangan – Ruslan Mirzayev terrorizm tahdidi haqida

© Sputnik . Taalay Oroskulov
Jamiyat
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
359721

Afgʻoniston chegarasidagi vaziyat va Markaziy Osiyo davlat chegara xizmatlari hamkorlik qilish masalasi haqida Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Ruslan Mirzayev oʻz fikrlarini bildirdi.

“Bugungi kunda professional komanda shakllangan, biz yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat va muammolarni hal qilish boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz. Biz har qanday muammoli masalalarga tayyormiz”, - deb taʼkidladi Mirzayev.

Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Markaziy Osiyo maxsus xizmatlari muvofiqlashgan holda chegara tahdidlariga qarshi turishi va zarur tadbirlarni bajarishi mumkin.

“Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida tahdidlarga qarshi barcha resurslarga ega, va eng  asosiysi, kurashish uchun irodasi bor” – deb xulosa qildi general-mayor.

Toʻliq izohni Sputnik Oʻzbekiston  radiopodkastida tinglashingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, shu haftaning oʻrtasida MDH davlatlari - Ozarbayjon, Armeniya, Belarus, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari qoʻmondonlarining Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Harbiylar Hamdoʻstlik, ayniqsa Afgʻoniston bilan qoʻshni boʻlgan davlatlar chegaralarida qiyin vaziyat yuzaga kelganligini taʼkidlashdi. Ushbu mamlakatda davom etayotgan notinchlik va terroristik guruhlarning faollashuvi alohida tashvishga solmoqda.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular