07:24 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64

Rossiyada “kolbasa soligʻi” kiritilishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Jamiyat
Havola olish
52810

Kolbasa va boshqa qayta ishlangan goʻsht mahsulotlariga soliq kiritilishi oqibatida ularning narxi 30 %ga oshishi mumkin.

TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. Rossiya Hukumati huzuridagi ekspertlar kengashi mamlakatda kolbasa mahsulotlariga qoʻshimcha soliq kiritishni taklif qilmoqda, deb yozadi Izvestiya nashri.

Mutaxassislar fikriga koʻra, qayta ishlangan goʻsht mahsulotlari tarkibida kantsirogen moddalar juda koʻp boʻlib, ular saraton kasalligi kelib chiqish ehtimolini oshiradi. Statistikaga koʻra, qayta ishlangan qizil goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida dunyoda har yili 2,4 milliona kishi vafot etar ekan.

Ekspertlar kengashi fikriga koʻra, ushbu chora rossiyaliklarning sogʻligʻini yaxshilashga, umrini uzaytirishga hamda sogʻlom oziq-ovqat mahslotlarining arzonlashishiga olib kelishi kerak.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu tashabbusni qoʻllab quvvatlagan va kolbasa ishlab chiqaruvchilaridan yigʻib olingan mablagʻlar aholi sogʻligʻini mustahkamlashga yoʻnaltirilishini xabar qilgan.

Kolbasa mahsulotlariga kiritiladigan qoʻshimcha  aktsiz soligʻi 1 kilogrammdan 160 rubl miqdorida belgilanishi mumkin. Xaridorlar uchun , bu kolbasa narxi oʻrtacha 30 %ga oshadi degani.

Asosiy mavzular