23:42 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Gorod Samarkand. Vid na ploщad Registan

Samarqand Inson huquqlari forumiga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Georgiy Zelma
Jamiyat
Havola olish
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)
233 0 0

Samarqandda 2018 yilning 22-23 noyabr kunlari Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 20 noya – Sputnik. Samarqandda chorshanba kuni Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Ushbu forum Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan, Oʻzbekiston prezidentining tashabbusiga koʻra tashkil qilingan. Ayni damda forumga tayyorgarlik ishlari qizgʻin olib borilmoqda.

- Xorijiy va mahalliy mehmonlarni kutib olish uchun Samarqand xalqaro aeroporti va temiryoʻl vokzalida barcha sharoit yaratildi, – deydi Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari, forumga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha shtab rahbari R.Qobilov. – Forum ishtirokchilariga transport ajratish, mehmonxonaga joylashtirish, gid-tarjimon xizmati koʻrsatish, shahar boʻylab sayohatga olib chiqish boʻyicha masʼullar va chora-tadbirlar belgilangan. Mehmonxonalarda mutasaddi idoralar masʼul xodimlaridan iborat guruhlar tashkil etilib, navbatchilik yoʻlga qoʻyildi. “Zilol-baxt” mehmonxonasida viloyat shtabi va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot markazi tashkil etilib, zarur jihoz va texnik uskunalar bilan taʼminlandi. 

Shaharni xalqaro forum ramzi va uning mavzusiga mos koʻrgazmali vositalar bilan bezatish ishlari ham tegishli ishchi guruh tomonidan olib borilmoqda. Shahardagi mutasaddi korxona va tashkilotlar ham mazkur xalqaro tadbirni yuksak saviyada, Samarqandga xos mehmondoʻstlik bilan oʻtkazishga taraddud koʻrmoqda. 

Mavzu:
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)

Asosiy mavzular