09:03 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Aziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande

Shavkat Mirziyoyevning Osiyo forumi ishtirokchilariga murojaatnomasi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)
27510

Shavkat Mirziyoyevning Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forum ishtirokchilariga qilgan murojaatnomasini Nigʻmatulla Yuldashev oʻqib eshittirdi.

TOSHKENT, 22 noya – Sputnik, Dilshoda Raxmatova. Bugun Samarqandda Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasining 70 yilligiga bagʻishlangan forum boʻlib oʻtmoqda. Forum boshlanishida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga qilgan murojaatnomasi oʻqib eshittirildi.

Hujjatda aytilishiga koʻra, faqatgina odillik va haqiqat yordamida dunyoda barqaror tinchlik va xavfsizlik oʻrnatish mumkin.  

“Tarix tajribasiga koʻra, dunyoning barcha tsivilizatsiya, madaniyat va din markazlari insonparvar gʻoyalar taʼsiri ostida yaratilgan”, - deyilgan hujjatda.    

Sharqda ham inson huquqlariga qadimdan katta eʼtibor berilgan. Masalan, Burhoniddin Margʻiloniy oʻzining 12 asrda yozilgan “Hidoyat” ilmiy ishida har bir kishining huquqlarini saqlash kerakligi haqida aytib oʻtgan. Ushbu gʻoya bugungi kunda ham oʻz muhimligini yoʻqotmagan va ushbu forumning kun tartibida aks etgan.

70 yil oldin qabul qilingan Umumjahon inson huquqlari deklaratsyasi butun dunyoda demokratiya va insonparvarlik qadriyatlarini tasdiqlash uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Afsuski, biz bugungi kunga qadar ushbu ezgu maqsadga erishiga xalal berayotgan baʼzi murakkab va bir xil talqin qilish mushkul boʻlgan holatlarga duch kelmoqdamiz.  

Gap, avvalombor, Janubi-sharrqiy Osiyodan Yaqin Sharq mintaqasigacha boʻlgan hududda yuz berayotgan qurolli toʻqnashuvlar, insoniyat orasida qarama-qarshilikning kuchayishi, millatlar, dinlar orasidagi kelishmovchiliklar va boshqa global chaqiriq va xavflar haqida bormoqda.

Biz oʻz uyini tashlab ketayotgan majburiy qochoqlar soni oshib borayotgani, taʼlim va tibbiy yordamning yetishmasligi, odam savdosi, majburiy mehnat va ochgarchilik ayollar va erkaklar huquqlari tengsizligi kabi muammolarga befarq qarab tura olmaymiz.

“Ishonamizki, aholisi 4,5 million kishi boʻlgan Osiyo hududining kelajagi har jihatdan BMT 2030 yilga qadar kun tartibiga qoʻygan masalalarini oʻrganish bilan bogʻliq”, - deyilgan xabarda.

Biz inson huquqlarini saqlash, uning qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga har tomonlama yordam berish yoʻlidan borishda  davom etamiz, chunki tinchlik, farovonlik va barqarorlik aynan shularga bogʻliq.

Murojaatnoma soʻnggida Shavkat Mirziyoyev “Samarqand deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan va anjuman ishtirokchilari tomonidan taklif qilingan taklif va tashabbuslar esa, inson huquqlari boʻyicha milliy strategiya ishlab chiqishda, albatta, hisobga olinishini aytib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, Samarqandda 22-24 noyabr kunlari Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasining 70 yilligiga bagʻishlangan Osiyo forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda 25 mamlakat vakillari hamda Oʻzbekiston Senati Oliy sudi vakillari ishtirok etmoqda.

Aziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Aziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande
Mavzu:
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)

Asosiy mavzular