02:14 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Rukopojatiye

Oʻzbekistonda Yevropa oliygohlarining yangi filiallari ochiladi

© Sputnik / Tigran Megrabyan
Jamiyat
Havola olish
239 0 0

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bryusselda umumiy byudjeti 25 million yevro boʻlgan loyihalarini Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirish masalasini kelishib oldi.

TOSHKENT, 22 noya - Sputnik. 2018 yilning 21 noyabr kuni Bryussel shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa ittifoqining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish masalalari boʻyicha komissari Neven Mimitsa bilan uchrashdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Yevropa ittifoqi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni, jumladan “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” shaklidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlarini muhokama qilishdi.

“Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dinamik va samarali koʻrinishi mamnuniyat bilan qayd etildi”, - deyilgan TIV matbuot xizmati xabarida.

Xususan taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi ijobiy oʻzgarishlar kuzatilishi, shu nuqtai nazardan Oʻzbekistonda “Xususiy huquq” va “Tibbiyot” kabi mutaxassisliklarda Yevropa OTMlari filiallari tarmogʻini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar ham koʻrib chiqilgan.

Shu kunning oʻzida Oʻzbekiston delegatsiyasi tashrifi doirasida umumiy byudjeti 25 mln yevro boʻlgan “Chorvachilik sektorini rivojlantirish”, “Adliya organlari tomonidan respublika mintaqalarida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash” loyihalarini Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimlar imzolandi.

Asosiy mavzular