07:15 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Zadumchivaya jenщina

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha jahonda nechanchi oʻrinda

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
327040

Speedtest Global Index internet tezligi boʻyicha mamlakatlar reytingini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Speedtest Global Index kompaniyasi internet tezligi boʻyicha mamlakatlar reytingini yangiladi.

Kompaniya 2018 yil oktyabr oyi uchun maʼlumotlarni oʻz saytida eʼlon qildi.

Hisobotga koʻra, mobil internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston 110-chi, optik tolali internet tezligi boʻyicha esa 112-chi oʻrinlarni band etdi.

Reyting mualliflari hisobiga koʻra, mobil internet boʻyicha Tojikistonni oxirgi 124-chi oʻringa oʻtkazishdi. Afgʻoniston esa 123-chi oʻrinda.

Markaziy Osiyo davlatlaridan mobil internet tezligi boʻyicha Qozogʻiston 74-chi, Qirgʻiziston – 94-chi oʻrinda.

Rossiya esa 80-chi oʻrindan joy oldi.

Reytingning birinchi oʻrindagi qatorlarni Norvegiya, Islandiya va Singapur egallab oldi.

Shuningdek, reytingda simli internet tezligi ham berilgan. Tojikiston ushbu roʻyxatda yoʻq. Qozogʻiston 58-chi, Rossiya 44-chi, esa Qirgʻiziston 79-chi oʻrinda.

Asosiy mavzular