08:55 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Ulugbek Muxammadiyev - ombudsmen

Markaziy Osiyo ombudsmenlari umumiy yoʻl xaritasini tayyorlamoqda - Muxammadiyev

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)
172 0 0

Ulugʻbek Muxammadiyev Oʻzbekistonda bolalar huquqlari boʻyicha ombudsmen joriy qilish borasida ham ish olib borilayotganini bildirib oʻtdi.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili Ulugʻbek Muxammadiyev Markaziy Osiyo davlatlari ombudsmenlari hamkorlik yoʻl xaritasi tayyorlamoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Inson huquqlari boʻyicha vakili soʻzlariga koʻra, soʻnggi 1,5 yil davomida Markaziy Osiyo davlatlari ombudsmenlari oʻrtasidagi hamkorlik yanada rivojlandi.

“Markaziy Osiyo boʻyicha BMT boshqaruv komissari va BMT vakolatxonasi koʻmagida har yili 3-4 marta uchrashuv oʻtkaziladi. Hozirgi vaqtda hamkorlikda yoʻl xaritasini tayyorlamoqdamiz. Bu xaritada Markaziy Osiyo davlat ombudsmenlarini hamkorlikda ish faoliyatini tashkil qilish masalalari belgilanadi. Keyingi yil bu xarita qabul qilinishi kutilmoqda”, - deb qoʻshimcha qildi Muxammadiyev.

Muxammadiyev soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan fuqarorlar murojaatlari bilan ishlashga doimiy eʼtibor qaratilishini maʼlum qildi.

“Har yili 9 mingdan ortiq fuqarolar murojaatlari kelgan. Shu murojaatlarda turli masalalar bor. Xususan, mahalliy xokimiyat organlari  murojaatlari oxirigacha koʻrib chiqilmayapti. Albatta, aynan shunday murojaatlarga eʼtibor qaratib, mahalliy xokimiyat va huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdamiz”, - dedi mutaxassis.

Muxammadiyev Oʻzbekistonda bolalar huquqlari boʻyicha ombudsmen joriy qilinishi xususida fikr bildirdi.

“Oʻzbekistonda ikkita ombudsmen ish faoliyatini olib boradi. Hozirgi vaqtda bolalar huquqlari boʻyicha ombudsmen joriy etish masalasi qizgʻin muhokama qilinmoqda. Koʻp xorijiy davlatlarda bunday ombudsmenlar faoliyat yuritadi. Oʻylaymanki, Oʻzbekistonda bolalar huquqlari boʻyicha ombudsmen joriy etiladi”, - deb qoʻshimcha qildi Muxammadiyev.

Eslatib oʻtamiz, Samarqandda Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasining 70 yilligiga bagʻishlangan forum boʻlib oʻtmoqda.

Mavzu:
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)

Asosiy mavzular