22:39 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Zarif Alizoda

Markaziy Osiyo ombudsmenlari forumini tashkil qilishni rejalashtirmoqdamiz - Zarif Alizoda

Foto: Dilshoda Raxmatova
Jamiyat
Havola olish
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)
117 0 0

Samarqandda Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi boʻlib oʻtmoqda. Forum ishtirokchilari inson huquqlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish sohasida inson huquqlari, ularning oʻzaro bogʻliqligi, yutuq va muammolarini muhokama qilishmoqda.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Tadbirda nutq soʻzlagan Tojikistonning inson huquqlari boʻyicha vakili Zarif Alizoda kelajakda Markaziy Osiyo ombudsmenlarining forumi tashkil qilinishi mumkinligini taʼkidladi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Ombudsmen soʻzlariga koʻra, bugungi forum barcha Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa Oʻzbekiston va Tojikiston uchun katta ahamiyatga ega, chunki mamlakatlar soʻnggi paytlarda yaqindan hamkorlik qilmoqda, jumladan inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

“Tojikistonda bizning oʻzbek birodarlarimiz yashashadi, Oʻzbekistonda koʻp tojiklar hayot kechirishadi. Shuning uchun biz oʻz hamkorligimizni yoʻlga qoʻymoqchimiz. Istiqbolda davlatlararo birlashma haqida aytish mumkin boʻladi. Biz hozir buni dastlab MO ombudsmenlari forumi deb atadik”, - dedi vakil.

Zarif Alizoda davlatlar hamkorlikni mustahkamlash kerakligi, chunki birlashma kelajakda jahon miqyosidagi umumiy masalalarga Oʻzbekiston va Tojikiston kelishilgan holda yondashishiga koʻmak berishi mumkinligini taʼkidladi.

Mavzu:
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)

Asosiy mavzular