23:12 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Dvorniki na ulitse v Dushanbe, arxivnoye foto

XMT vakili Oʻzbekistondagi norasmiy mehnatga qarshi kurash boʻyicha fikr bildirdi

© Sputnik / Amir Isayev
Jamiyat
Havola olish
263 0 0

Ilgariroq Oʻzbekistonda norasmiy bandlik sektori rasmiylashtirilishi - sohada patent tizimi joriy etilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

TOSHKENT, 24 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Norasmiy mehnatga qarshi kurash asta-sekinlik bilan amalga oshirilishi lozim, chunki bir kunda "biz ertaga norasmiy sektorni "soya"dan chiqaramiz", deya eʼlon qilishning umuman iloji ham yoʻq, dedi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktorining maxsus maslahatchisi Kari Tapiola.

"Odamlar qoidalardan xabardor boʻlishmasa, qoidalarga boʻysunmaydigan kasblar mavjud boʻlsa - biz ertaga bandlikning barcha turini rasmiylashtiramiz, deb boʻlmaydi. Shu bois, bu ishni amalga oshirishdan avval, norasmiy bandlik sektorini yaxshilab oʻrganish, uning shakllari, dinamikasi, ayniqsa ijobiy dinamikasi haqida aniq tushunchaga ega boʻlish lozim. Sababi, noformal sektorning muammolari bilan birga ijobiy dinamikasi ham mavjud, bandlikning bu turi yomon, deb oʻylamaslik kerak", - dedi u.

XMT vakilining taʼkidiga koʻra, bu sektorda biror bir oʻzgarishni amalga oshirishdan oldin, sektorda band boʻlgan insonlarni qay tarzda himoya qilish, masalan ularning minimal ijtimoiy himoyasi, sogʻligʻi muhofazasini qay tarzda tashkillashtirish haqida oʻylab koʻrish lozim.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Kari Topiola, Spetsialnыy sovetnik Generalnogo direktora Mejdunarodnoy organizatsii truda

"Maqsad - noformal sektorni normallashtirish boʻlishi kerak. Lekin bu ishga oʻta ehtiyotkorlik bilan yondashgan maʼqul. Men aytgan boʻlardimki, ushbu sektorda band boʻlgan odamlarning oʻzlari shu jarayonga jalb etilishi kerak, deb. Yana bir bor takrorlayman, norasmiy sektorni isloh qilish, eng avvalo, shu sektorda band boʻlganlarni oʻzlarini himoya qilishga oʻrgatish va mehnatning bu turini toʻgʻri tashkil etish uchun amalga oshirilishi lozim", - deb taʼkidladi Tapiola.

Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda norasmiy bandlik sohasida band boʻlganlarning soni umumiy ishlovchilar sonining 56%ini tashkil etadi. 

Ilgariroq, Oʻzbekistonda norasmiy mehnatning eng keng tarqalgan - kirakashlik, mardikorchilik, uy xizmatlari singari turlari patentlashtirilishi haqida xabarlar tarqalgan, ammo sal oʻtmay, Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bu xabarlarni rasman rad etgan hamda bunday turdagi patentni olish (agar shunday qaror qabul qilinsa) faqatgina ixtiyoriy holda amalga oshirilgan boʻlar edi, deya bayonot eʼlon qilgan edi.

Asosiy mavzular