09:39 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04

Sima Samar: Oʻzbekiston Afgʻonistondagi vaziyatni oʻzgartirishga qodir

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)
493 0 0

Afgʻoniston inson huquqlari vakili shuningdek, Oʻzbekistondagi inson huquqlari taʼminlanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi

TOSHKENT, 24 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston Afgʻoniston ichidagi holat rivojiga muayyan ijobiy taʼsir koʻrsata oladi. Xususan, Afgʻonistondagi mojarolarning yechimiga. Shu bois, oʻzaro hamkorligimiz yanada kuchayishi va kengayishi darkor, dedi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Samarqandda oʻtkazilgan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumida Afgʻoniston Inson huquqlari boʻyicha mustaqil komissiyasi raisi Sima Samar.

"Oʻzbekistonga ilk bor kelishim. Tashrif davomida Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha milliy markazidagi hamkasabalarim bilan uchrashdim va biz bir qator masalalarni muhokama qildik. Bundan tashqari, Oʻzbekiston ombudsmeni bilan ham uchrashuv oʻtkazdim”, - dedi oʻzini tanishtirar ekan doktor Samar.

Afgʻoniston inson huquqlari vakili shuningdek, Oʻzbekistondagi inson huquqlari taʼminlanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi, biroq Oʻzbekiston parij tamoyillariga rioya etishda maʼlum ishlarni amalga oshirishi lozimligini qoʻshimcha qildi.

Doktor Sima Samar 1957 yil Afgʻonistonning Gʻazni shahrida tavallud topgan. Qobul universitetining tibbiyot boʻlimini tamomlagan. 1984 yil - Pokistondagi afgʻon qochqinlari gospitalida shifokor boʻlib ishlagan.

2001 yilda Afgʻoniston ayollar masalalari boʻyicha vazir lavozimida faoliyat yuritgan.

2002 yildan Afgʻoniston inson huquqlari boʻyicha mustaqil komissiyasi raisi.

Mavzu:
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)

Asosiy mavzular