10:12 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Goroda Rossii. Kemerovo

Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazish nizomi tasdiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev
Jamiyat
Havola olish
153 0 0

Oʻzbekistonda davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish nizomi tasdiqlandi.

TOSHKENT, 25 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda davlat ekolgik ekspertizasini oʻtkazish nizomi tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirliginging Huquqiy axborot telegram kanali.

“Nizomga muvofiq, ekologik ekspertiza atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sogʻligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan xoʻjalik hamda boshqa faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi”, - deyilgan xabarda.

Davlati ekologik ekspertizasi quyidagilar obʼyektlarda oʻtkaziladi:

  • yuqori va oʻrtacha darajada xavfli toifaga kiradigan faoliyat turlari boʻyicha maxsus huquqiy rejimga ega obʼyektlar;
  • texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
  • aholisi soni 50 ming kishidan ortiq boʻlgan obʼyektlarning shaharsozlik hujjatlari.

Davlat ekologik ekspertizasini uchun toʻlov eng kam ish haqqining 0,5 baravaridan 25 baravari miqdorida boʻlib, u ekspertiza oʻtkazilayotgan obʼyekt xavfi hamda joylashgan hudud aholi soniga qarab belgilanadi. Ekspertiza uchun toʻlov ariza berilganidan soʻng 90 kun ichida amalga oshirilishi kerak. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi qonunlarida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish majburiyligi, uning obʼyektlari belgilanib, ekspertiza ijobiy xulosasi boʻlmagan loyihalarni amalga oshirish taʼqiqlangan.

Asosiy mavzular