00:53 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
V maxalle Ibroxim ota Almazarskogo rayona Tashkenta vruchili klyuchi ot kvartir

Oʻzbekistonda kelgusi yilda 15 mingdan ortiq arzon uy-joylar quriladi

© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.
Jamiyat
Havola olish
355 0 0

Endilikda muhandislik-transport kommunikatsiyalariga ulanmagan, uzluksiz elektr va suv taʼminoti yoʻlga qoʻyilmagan arzon uy-joylar foydalanishga qabul qilinmaydi.

TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan qishloq joylarda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish va muhtoj oilalarni arzon uy-joy bilan taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab quyidagi yangi namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar quriladi:

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan, shuningdek muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan taʼminlanmagan hududlarda 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida bir qavatli 3 xonali arzon uylar;

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan, shuningdek muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan taʼminlangan hududlarda toʻrt qavatli (2 va 3 xonali) arzon uylar;

shaharlarda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari uchun besh qavatli (2 va 3 xonali) arzon uylar.

Qaror bilan 2019-2020 yillarda qishloq joylarda va fuqarolarning alohida toifalari uchun arzon uy-joylar qurilishi boʻyicha, shuningdek arzon uy-joy massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha yigʻma koʻrsatkichlar tasdiqlandi.

Ushbu koʻrsatkichlarga koʻra 2019 yilda jami 15 ming 10 ta arzon uy-joylar va kvartiralar qurilishi rejalashtirilgan. Ularning 11 ming 70 tasi uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar uchun moʻljallangan. Shuningdek, 2019 yilda fuqarolarning alohida toifalari (Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ichki ishlar organlari xodimlari) uchun jami 2 ming 10 ta kvartiralar quriladi.

2019 yil 1 iyulgacha arzon uy-joylar qurilishi monitoringi boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Endilikda muhandislik-transport kommunikatsiyalariga ulanmagan, uzluksiz elektr va suv taʼminoti yoʻlga qoʻyilmagan arzon uy-joylar foydalanishga qabul qilinmaydi.

Tijorat banklari uy-joy quruvchilarga 2 yillik imtiyozli davr hamda 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida:

qishloq joylardagi arzon uy-joylarni sotib olish uchun – 20 yil muddatga va boshlangʻich badali 10 foiz miqdorida;

fuqarolarning alohida toifalari tomonidan arzon koʻp kvartirali uylarni sotib olish uchun – 15 yil muddatga va boshlangʻich badali 25 foiz miqdorida ipoteka kreditlari taqdim etadi.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq har yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari, qutqaruvchilari va xodimlari uchun – 56 ta, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun – 300 ta, ichki ishlar organlari xodimlari uchun – 168 ta, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar uchun – 420 ta, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar uchun – 66 ta kvartiralar ajratiladi.

Asosiy mavzular