Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStaroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente
Staroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilariga qo‘yilgan yodgorlik marmarlari to‘kilib, eskirib qolgani uchun restavratsiya qilish maqsadida eski joyidan qo‘zg‘atildi. Bu haqda mahalla kengashi yig‘inida qaror qabul qilingandi. Ayrimlar vaziyatdan foydalanib, bizni johilga chiqarmoqda. Bu ochiq provokatsiya, deydi mahalla oqsoqoli

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Mirzo-Ulug‘bek tumani Darxon mahalla qo‘mitasi o‘zining nurab qolgan binosidan "Zamonaviy mahalla" loyihasi asosida qurilayotgan yangi binoga ko‘chishga qaror qildi. Qurilish jarayonida yangi bino tushgan hududda joylashgan Ulug‘ vatan urushi qatnashchilariga qo‘yilgan yodgorlik eskirib qolgani, qolaversa, noqulay joylashuvi munosabati bilan restavratsiya qilinishi va so‘ngra yangi joyga ko‘chirilishi uchun olib qo‘yildi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroyasheyesya zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente
Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi - Sputnik O‘zbekiston
Stroyasheyesya zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente

Mahalliy OAVlarning ayrimlari "Darxon" mahalla yig‘ini qo‘mitasining ushbu harakatiga - o‘zbek veteranlari xotirasini yo‘qotish, ya’ni "vandalizm akti" (johillik va nodonlik ma’nosida, tahr.) baho berdilar va ommani, toki bunday harakat butun respublika bo‘yicha "urfga kirmasligi uchun" ushbu masalaga jiddiyroq e’tibor qaratishga chorladilar.

Sputnik O‘zbekiston muxbirlari ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida "Darxon" mahallasiga bordi.

Mahallaga kirib boraverishda ko‘cha boshidayoq allaqanday qurilish ketayotganiga ko‘zimiz tushdi. Yaqinroq borib qaradik, hamkasblarimiz tomonidan "mana shu yerda haykal bor edi" deya chizib ko‘rsatilgan joyni ham taniganday bo‘ldik. Faqat... atrof shu qadar besaranjom, qurilish ketayotgan joyda bir uyum shag‘al, bir uyum tuproq, sal narida narvon... Agar haykal o‘z o‘rnidan qo‘zg‘atilmaganida ham unga shikast yetishi aniq edi, nazarimizda.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroyasheyesya novoe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente
Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi - Sputnik O‘zbekiston
Stroyasheyesya novoe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente

Ishlayotgan ustalar yoniga borib, salom berib, bu yerda nima qurilayotganiga qiziqdik. "Mahalla binosi bo‘ladi", - deya javob berishdi ular ustalik bilan.

Yonimizdan o‘tib borayotgan Ichki ishlar organi xodimidan mahalla qo‘mitasi qayerda joylashganini so‘radik. Mana shu ko‘k eshik, dedi u bizga qurilishga tutash eskiroq binoga ishora qilib.

Kiraverishda beixtiyor "voy" deb yuborganimni eshitib, oldimizda yurib borayotgan kishi beixtiyor orqasiga burildi va mening ajablanganimdan hayron bo‘ldi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStaroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente
Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi - Sputnik O‘zbekiston
Staroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente

Poytaxtda joylashgan mahalla qo‘mitasining binosini ko‘rib, har qanday kishi ajablanardi chamamda.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStaroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente
Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi - Sputnik O‘zbekiston
Staroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente

Beixtiyor qishloqlardagi saranjom, eski bo‘lsa-da ohaklangan va tartibli mahalla binolari ko‘z oldimga keldi.

Ichkariga mo‘raladik. Torgina xona bo‘ylab besh xodim uchun stol-stullar qo‘yilgan, ikki kishi murojaat bilan kelsa, biri tashqarida kutishga majbur bo‘lishi aniq. Devorlari ham ko‘chib tusha boshlagan. 

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStaroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente
Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi - Sputnik O‘zbekiston
Staroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente

Jurnalist ekanimni eshitgach, "Haykal masalasidami?" deyishdi darhol.

Tasdiqlaganimni ko‘rib, hozir, rais keladi, gaplashib olasiz deyishdi.

Ochig‘i, "vandalizm akti" haqida yozgan nashr jurnalistining maqolasidan keyin, mahallaga ma’lumot so‘rab borsam, meni eshitmay quvib soladigan mahalla raisini o‘zim uchun tasavvur qilib qo‘ygan edim.

Adashgan ekanman. Mahalla oqsoqoli kamtar va xushmuomala bo‘lib chiqdi.

Suhbat avvalida besaranjomlik uchun uzr so‘rab, "noyabrning birinchi sanasida yangi mahalla binosiga ko‘chib o‘tishimiz kerak edi. Ammo biriktirilgan investorlar qurilishni o‘z muddatida topshirmadilar. Hokimiyatga oxirgi borganimda, bizga xat bilan chiqma, o‘zing hal qil muammolaringni degan javobni oldik", - dedi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStaroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente
Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi - Sputnik O‘zbekiston
Staroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente

Muddaomizni, nega kelganimizni tushuntirdim. "Haykalni nega joyidan oldilaringiz?", deya savol berdim.

"Haykal yangi qurilayotgan mahalla binosining kirish qismida joylashgan edi. Mana rasmda ko‘rishingiz mumkin. Haykalni yo‘q qilish, uni olib tashlash hatto rejamizda bo‘lmagan. Qurilish boshlanganidan keyin, haykal turgan joy ostidan kommunikatsiyalar o‘tganini bildik. Ya’ni trubalar o‘tgan. Shu bois, yodgorlikni binoning o‘ng tomoniga ko‘chirishga qaror qildik. Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlikning marmarlari yemirilib, to‘kila boshlagan ekan. Ko‘chirish vaqtida uvalandi", - deya tushuntirdi.

Haykalga tegish qarori to‘satdan qabul qilinganmi?, deb savolga tutdim yana.

"Yo‘q, mahalla faollarini to‘pladik. To‘g‘ri, mahallamizda 4 mingdan ziyod aholi yashaydi. Har birini chaqirish imkoni bizda yo‘q. Lekin mahalla fuqarolar yig‘ini kengashini o‘tkazdik. Hamma o‘z fikr-mulohazasini bildirdi. Nuroniy jamoatchilik markazi rais maslahatchisi Mirnigmatov yangi o‘rnatilgan yodgorlikka mahallamizdagi urush qatnashchilarining ism-shariflarini ham yozdirish kerakligi, mahallamiz yoshlari ajdodlarimiz haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar va nomlari abadiy qoladi dedi", - dedi savolga javoban mahalla raisi.

SPUTNIK_22 iyunya - den nachala Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Ogohlantirishsiz hujum qilishgan: 79-yil oldin Ulug‘ Vatan urushi qanday boshlangan

Suhbat davomida, mahalladagi yodgorlik urushdan keyingi yillarda, taxminan 1956-yillarda, mahalla faollari tomonidan o‘rnatilgani ma’lum bo‘ladi.

"1962 yilda tug‘ilganman. 10-11 yasharligimdan bilaman shu haykalni", - deydi oqsoqolning o‘zi. Mahallaga ish bilan kelgan notanish ayol suhbatimizga qo‘shiladi va kelin bo‘lib tushganidan buyon bu haykal turganini bilishini aytadi.

Mahalla raisi Darxon mahallasida vandalizm akti sodir etilgani haqidagi xabarlar mutlaqo haqiqatga mos emasligi, uydirmaligi va provokatsiya maqsadida tarqatilganini ta’kidlaydi.

"Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasi - biz uchun naqadar muqaddas ekanligini tushuntirishga hojat yo‘q. Ota-bobolarimiz tufayli erishilgan g‘alaba - kelajak avlodimiz ham eslab, faxrlanib yurishi uchun mahalla kengashi yig‘ini davomida ushbu yodgorlikni restavratsiya qilish, agar restavratsiya qilishga yaramasa, uni yangilash uchun allaqachon ustaga topshirganmiz. Mahalla binosining old o‘ng qismida mahalla yoshlari uchun Ulug‘ vatan urushi qatnashchilariga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatiladi va yodgorlik taxtasi qo‘yiladi, bundan tashqari, investorlar uning atrofida favvora va o‘rindiqlar qurib berish va’dasini berishgan", - dedi suhbat yakunida oqsoqol.

Yangiliklar lentasi
0