12:37 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Proxojiye vo vremya snegopada

Oʻzbekistonda “Yandeks. Ob-havo” xizmati yogʻingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

© Sputnik / Maksim Blinov
Jamiyat
Havola olish
1046 0 0

Bundan avval respublikada “Yandeks. Maxalla” va “Yandeks. Taksi” xizmatlari ishga tushgandi.

TOSHKENT, 30 noya – Sputnik. “Yandeks. Ob-havo” xizmati Oʻzbekistonda yogʻingarchiliklar xaritasini koʻrsatishni boshladi.

Xaritada qayerda yaqin vaqtda qor yoki yomgʻir yogʻishi boshlanishi mumkinligini koʻrish mumkin. Shu bilan birga, oʻzbekistonliklar yomgʻir shahar markazida yoki faqat chekka hududida boʻlishini bilib olishlari mumkin.

Yogʻingarchiliklar bashorati ikki soat oldin 10 daqiqa interval bilan taqdim etiladi: 10-20-30 daqiqada qayerda yogʻingarchiliklar boʻlishini koʻrish mumkin.

Bundan tashqari, xizmatda foydalanuvchilarni “20 daqiqa ichida qor yogʻishi boshlanadi” yoki “Yaqin soat ichida kuchli yomgʻir tugamaydi” degan ogohlantirishlarni ham berish koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, noyabr oyida “Yandeks” kompaniyasi Oʻzbekistonda yana bir xizmati - “Yandeks.Maxalla”ni ishga tushurgandi.

Asosiy mavzular