11:54 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Oʻzbekiston IIV respublikada jinoyatchilik keskin kamaygani haqida bayonot berdi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jamiyat
Havola olish
180 0 0

Eng koʻp sodir etiladigan jinoyat turi boʻlmish oʻgʻirlikning ochilish darajasi bugun Oʻzbekistonda 82 foizni tashkil qilmoqda, dedi IIV vakili

TOSHKENT, 30 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. 2018 yil davomida Oʻzbekistonda jinoyatchilik oʻtgan yilgiga nisbatan 35,7%ga pasaydi, deb bayonot qildi juma kuni OAV vakillari uchun oʻtkazilgan matbuot-anjumani davomida Oʻzbekiston IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bosh boshqarmasi rahbari Qutbiddin Burxonov.

"2018 yilning 10 oyi davomida bizning mamlakatimizda 38 ming 445ta jinoyat qayd etilgan boʻlib, bu oʻtgan yil sodir qilingan jinoyatlarga nisbatan 21 ming 355taga kam boʻlib, 35,7 %ga pasayishiga erishildi. Bu juda katta koʻrsatkich, albatta", - dedi Burxonov.

IIV vakili soʻzlariga koʻra, bu ichki ishlar organlarining mahalla instituti, "Yoshlar ittifoqi", xotin-qizlar qoʻmitalari, barcha jamoat tashkilotlari, hattoki, diniy idoralar bilan hamkorlikda olib borayotgan hamkorligi samarasidir.

"Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilgan bu islohotlar natijasida, respublikamizdagi 9015ta mahallaning 2789tasida birorta ham jinoyat sodir etilmadi", - deb qayd etdi Burxonov.

Oʻzbekiston IIV axborotiga koʻra, 2017 yil 10 oy davomida respublikada 10 ming 85ta oʻgʻirlik jinoyati sodir etilgan boʻlsa, 2018 yilda bu koʻrsatkich 6 ming 270tani tashkil qildi.

Oʻgʻirlik jinoyatining bugun respublikada ochilishi 2018 yilda 82%ni tashkil etdi. 2017 yilda bu koʻrsatkich 76% boʻlgan.

Asosiy mavzular