06:33 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Devushki musulmanki, arxivnoye foto

Mana koʻrasiz Rossiyada roʻmol oʻrash moda boʻladi – Aleksandr Vasilyev

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Jamiyat
Havola olish
839 0 0

Moda eksperti Aleksandr Vasilyev Rossiyada kelajakda musulmoncha uslubdagi roʻmollar moda boʻlishini bashorat qilmoqda.

TOSHKENT, 4 dek – Sputnik. Keldajakda ayollar jon-jon deb roʻmol oʻrab yuradigan boʻladi, deydi Rossiyalik moda eksperti va moda tarixchisi, sanʼatshunos Aleksandr Vasilyev.

“Bugun istalgan modalar saytining ochsangiz, yangi yil uchun eng ommaviy maslahat - qanday qilib roʻmol oʻrash. Men buni besh yil oldin bashorat qilgandim. Oʻshanda menga – biz barbir roʻmolda yurmaymiz deyishgandi. Men esa – jon deb roʻmol oʻrab yurasizlar degandim. Musulmonlar koʻp boʻlgan malakatda ertami-kechmi shunday uslub moda boʻlishi aniq. Rossiyada esa musulmonlar koʻp”, - deydi Vasilyev.

Eslatib oʻtamiz, Aleksandr Vasilyev Rossiyaning “Birinchi kanali”ida “Modnыy prigovor” telekoʻrsatuvini olib boradi. Vasilyev har doim Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan anʼanaviy matolar, kiyimlarni juda yuqori baholaydi. Undan tashqari u har yili moda olamida ishlaydigan bir guruh mutaxasisslar bilan Oʻzbekistonga sayohat qiladi. Soʻnggi tashriflaridan birida biz Vasilyev Xivada raqsga tushgani haqida xabar bergan edik. 

Asosiy mavzular