07:42 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Flagi Uzbekistana i Tadjikistana

Oʻzbekiston va Tojikiston axborot sohasida hamkorlik qiladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
72 0 0

Dushanbeda Oʻzbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlalarining birinchi raundi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari tashqi siyosiy faoliyatni yoritib borish va OAV bilan hamkorlik qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

2018-yilning 4-5-dekabr kunlari Dushanbe shahrida tashqi siyosiy faoliyatni yoritib borish va OAV bilan hamkorlik qilish boʻyicha Oʻzbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi maslahatlashuvlarning birinchi raundi boʻlib oʻtdi. Maslahatlashuvlar davomida ommaviy diplomatiya sohasidagi faoliyat boʻyicha tajriba almashildi, Oʻzbekiston va Tojikistonning har tomonlama rivojlanayotgan aloqalari nuqtayi nazaridan ikki davlat axborot tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.

“Keyingi maslahatlashuvlar Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik dasturiga muvofiq 2019-yili Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, ikki davlat rahbarlari barcha sohalarda yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va aloqalarni kengaytirish toʻgʻrisida kelishib olgan edilar, jumladan, axborot sohasida. Bugungi kunga kelib tomonlar oʻrtasida kelishilgan shartnomalar bajarilib, oʻz samarasini bermoqda. Tojikiston Oʻzbekistonga joriy  yilning aprel-sentyabr oylari davomida qariyib 1,4 milliard kVt/s elektr energiya yetkazib berganini misol tariqasida keltirishimiz mumkin.

Asosiy mavzular