Murod Xonto‘rayevga hujum qilgan qora niqoblilarning shaxsi aniqlandi

© Federatsiya WEFBoyes MMA Murod Xanturayev
Boyes MMA Murod Xanturayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b, v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Murod Xonto‘rayevga hujum qilgan barcha kishilarning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xodimi Feruza Elmurodova ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b, v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu voqeaning barcha ishtirokchilari shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Biroq, Jinoyat protsessual kodeksiga asosan tergov harakatlari siri tufayli jinoyat ishi bo‘yicha tafsilotlar lozim bo‘lgan tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ochiqlanadi.

Shuningdek, lavhada aytilishicha, 2018-yilning 30-noyabr kuni Murod Xonto‘rayevning sog‘lig‘i yaxshiligi sababli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan 1-sonli klinik shifoxonadan tergov harakatlari o‘tkazish uchun taklif qilingan. U bilan tergov harakatlari o‘tkazilgandan so‘ng, hozirda davolanishni davom ettirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Toshkent savdo markazi” hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgani haqida xabar berilgandik.

Yangiliklar lentasi
0