06:46 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Prinyatiye voyennoy prisyagi

Harbiy xizmatga chaqiruv bahor oylariga koʻchirilishi mumkin

Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan
Jamiyat
Havola olish
255 0 0

Deputatlar harbiy xizmatdan oldin oʻtkaziladigan tibbiy koʻrikning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratishni taklif qilishdi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Kecha, 5 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining prezident Shavkat Mirziyoyev belgilab bergan mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqadigan vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishi oʻtkazildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Oliy Majlisi matbuot xizmati.

Majlisda xususan, harbiy xizmatga chaqiruvni bahor oylariga koʻchirish, harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratish, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ishga kafolatli joylash, harbiy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini takomillashtirish hamda mohir lashkarboshi bobolarimiz haqida ilmiy tadqiqotlar, badiiy kitoblar, kinolar yaratish kabi masalalarning tashkiliy-huquqiy yechimini ishlab chiqish, shu maqsadda qonun hujjatlariga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.   

Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida yangilangan Mudofaa doktrinasi, Qurolli Kuchlarni isloh qilish boʻyicha prezident farmon va qarorlari ijrosi boʻyicha Mudofaa vaziri oʻrinbosarining axboroti eshitildi.

Muhokamalar jarayonida deputatlar prezident tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda parlament aʼzolarining roli, shu jumladan, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarini yaratish, deputatlarning harbiy xizmatchilar bilan muntazam muloqotini yoʻlga qoʻyish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda deputatlik korpusi imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratishdi.

Yigʻilishda koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining tegishli qarori qabul qilindi.

Asosiy mavzular