Toshkent markazida besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz va bank quriladi

Obuna bo‘lish
Poytaxt markazida ko‘p tarmoqli majmua - Tashkent Central Park, loyiha bilan Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim şirketi kompaniyasi shug‘ullanadi.

TOShKENT, 7 dek – Sputnik. O‘zbekiston poytaxti markazida Tashkent Central Park quriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismida ko‘p tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Doroga v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda 30ta yangi mehmonxona quriladi

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim şirketi kompaniyasi (Turkiya) va UzTur Investment and Development MChJ (O‘zbekiston) tomonidan Toshkent shahrida “Tashkent Central Park” ko‘p tarmoqli kompleksi qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Investorlar loyihani amalga oshirish doirasida 2019-2020 yillarda o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan loyiha hujjatlariga muvofiq besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz, tijorat banki uchun ma’muriy binolar hamda boshqa inshootlar qurish majburiyatini olgan.

Loyihani amalga oshirish uchun Yunusobod tumanidagi Amir Temur shoh ko‘chasi, Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari doirasidagi umumiy maydoni 2,5 gektar bo‘lgan yer maydoni doimiy foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0