22:59 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Zagotovki dlya chekanki monet

Markaziy bank oltin va kumush tangalar narxini oshirdi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Jamiyat
Havola olish
341 0 0

11 dekabr holatiga Respublika banklarida 738 dona oltin va 2920 dona kumush tangalar qolgan. 

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki esdalik oltin va kumush tangalar sotuv narxini oshirdi va tangalar qoldigʻini maʼlum qildi.

12 dekabr holatiga 1 dona oltin tanga narxi 12,9 mln soʻm, 1 dona kumush tanga narxi 243 ming soʻm miqdorida belgilandi.

Maʼlumot uchun, oltin va kumush tangalar narxi, LBMA (London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi) tomonidan kundalik belgilanadgan narxidan kelib chiqqan holda soʻmning AQSH dollariga nisbatan kursiga muvofiq belgilanadi.

Markaziy Bank xabariga koʻra, 11 dekabr holatiga hududlardagi tijorat banklarida 738 dona oltin va 2920 dona kumush tangalar qolgan. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Markaziy banki 30 noyabr kuni donasi 12,7 mln soʻm boʻlgan 1900 ta oltin va donasi 236 ming soʻmdan boʻlgan 6900 ta kumush esdalik tangalarini savdoga chiqargan edi. 

Asosiy mavzular