16:13 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Preduprejdeniye o radioaktivnom zagryaznenii

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tashkil etiladi

© AFP 2018 / JOCHEN LUEBKE
Jamiyat
Havola olish
80 0 0

Qoʻmita tarkibida xodimlarining soni 71 nafardan iborat "Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti" ham tuziladi.

TOSHKENT, 13 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda “Sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoldi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Yangi qoʻmita Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish, yaʼni“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspektsiyasi negizida tashkil etiladi.

Qoʻmita tarkibida – davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan, boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 71 nafardan iborat "Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti" ham tuziladi.

Qarorda aytilishiga koʻra, Sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qoʻmitasi tarkibida – yangi departament bilan bir qatorda, 3 ta yangi tuzilma, yaʼni Angren kon-texnika inspektsiyasi, Olmaliq kon-texnika inspektsiyasi hamda Qizilqum kon-texnika inspektsiyasi tashkil etilishi belgilangan.

Sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qoʻmitasinining vakolatlari quyidagilardan iborat boʻladi:

  • qoʻmita nazorati ostidagi obʼyektlarga toʻsqinliksiz kirish;
  • xavfli ishlab chiqarish obʼyektlari sanoat xavfsizligi, radiatsiya va yadro xavfsizligi, shuningdek, yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi talablariga rioya etilishi holati ustidan nazorat qilish;
  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga rioya etmagan holda olib borilayotgan yoki avariya sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlarni toʻxtatib turish, shuningdek, odamlar hayoti xavf ostida qolganda yoki avariya holatlari yuzaga kelganda ularni ish joylaridan olib chiqish;
  • qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish.

Prezident qarorida atom elektr stantsiyasi qurish, undan xavfsiz foydalanishni taʼminlash sohasida kelajakda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ham nazarda tutilgan.

Asosiy mavzular