13:07 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
1172 0 0

Qaror loyihasiga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlaridan ularning oʻquv yuklamalaridan tashqari lavozim majburiyatlari bilan bogʻliq ortiqcha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

 TOSHKENT, 14 dek – Sputnik. “Xalq taʼlimi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari, Moliya vazirliklari, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbar va oʻqituvchilarining ish vaqti meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish asosida ortiqcha hisobotlarni kamaytirish, taʼlimni boshqarish organlari va rahbarlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda koʻrsatilmagan hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilishga barham berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullash belgilangan.

Qaror loyihasida aytilishicha, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini belgilash boshlangʻich sinflarda haftasiga 16 akademik soat, yuqori sinflarda 18 akademik soat hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlaridan ularning oʻquv yuklamalaridan tashqari lavozim majburiyatlari bilan bogʻliq ortiqcha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

Qarorga Xalq taʼlimi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizom, xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari, Xalq taʼlimi muassasalari raxbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazviy tarif stavkalari miqdorlari ilova qilingan.

Xalq taʼlimi xodimlarining lavozim maoshlari: xalq taʼlimi muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi.

Bazaviy tarif stavkasi Yagona tarif setkasi boʻyicha tarif stavkasini hamda qonun hujjatlarida belgilangan tarif stavkasiga doimiy ustamalarni, shuningdek pedagog va rahbar xodimlarning ayrim toifalari ish haqiga qoʻshilgan kompensatsiya toʻlovlarini oʻz ichiga oladi; xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar asosida shakllantiriladi.

Xalq taʼlimi pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari: xodimning lavozimiga; xodimning malaka toifasiga; xalq taʼlimi muassasasining tipiga bogʻliq ravishda tabaqalashtiriladi.

Qaror loyihasi 29 dekabrgacha muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular