10:28 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s gendirektorom MOT Gayem Rayderom

XMT rahbari: Oʻzbekistonning mehnat qonunchiligi xalqaro normalarga intilmoqda

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
184 0 0

Gay Rayder Oʻzbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni yuksak baholadi

TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda tashrif bilan boʻlib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Mirziyoyev, oʻzining 100 yillik faoliyati davomida jahonda ijtimoiy adolatni ilgari surish va mehnatkashlar huquqini taʼminlashga xizmat qilgan Xalqaro mehnat tashkiloti bilan samarali hamkorlikni Oʻzbekiston yuksak qadrlashini alohida taʼkidladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s gendirektorom MOT Gayem Rayderom
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

"Uchrashuvda XMT bilan barcha masalalar, jumladan, yangi yoʻnalishlar yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettirish va sheriklik munosabatlarini kengaytirishga ikki tomon ham tayyor ekani taʼkidlandi", - deyiladi xabarda.

Gay Rayder Oʻzbekiston rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni yuksak baholadi. Xususan, 2017-2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini alohida qayd etdi.

"Mehmon mamlakatimiz mehnat qonunchiligi normalari xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirilayotgani, Oʻzbekiston ratifikatsiya qilgan XMT konventsiyalarini 2018-2020 yillarda amalga oshirish boʻyicha "yoʻl xaritasi" qabul qilinganiga yuksak baho berdi", - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda sheriklikni yanada kengaytirish muloqotni faollashtirish uchun mustahkam zamin yaratishiga, Oʻzbekistonda Bandlik milliy strategiyasini ishlab chiqishda XMT tajribasidan samarali foydalanishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Tashkilot bilan uzoq muddatli hamkorlik boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqish va qabul qilish, mamlakatimiz tomonidan XMT konventsiyalarini ratifikatsiyadan oʻtkazish ishlarini davom ettirish, mehnat munosabatlari sohasida mutaxassislarini tayyorlash va ularning  malakasini oshirish, kasaba uyushmalari va Ish beruvchilar konfederatsiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi.

Asosiy mavzular