13:34 25 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
1067 0 0

Oʻzbekistonda tadbirkor boʻlish uchun qanday xususiyatlarga ega boʻlish kerakliga haqida, Zafar Hoshimov mulohazalari.

TOSHKENT, 16 dek - Sputnik. “Korzinka” supermartketlar tarmogʻi asoschisi Zafar Hoshimov Oʻzbekistonda tadbirkor boʻlish uchun qanday xususiyatlarga ega boʻlish kerakligi haqida oʻz fikr mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. 

- Bizda tadbirkor boʻlish juda oson. Buning uchun atigi quyidagi sifatlarni oʻzida mujassam qilish kifoya, xolos, - deb yozadi Hoshimov oʻzining telegram kanalida.  

1) Maqsad sari intiluvchan

2) Oʻta qiziquvchan

3) Oʻziga ishongan

4) Sharoitlarga tez moslashuvchan

5) Ustomon

6) Pozitiv

7) Ambitsiyali

8) Aniq fikr, ilm va tasavvurga ega

9) Ishonchli

10) Sabrli

11) Faqat oʻz kuchiga suyanadigan

12) Dadil

13) Dunyo bir kamligini anglagan

14) Kechirimli

15) Yaratuvchan

16) Soniyalarda qaror qabul qila oladigan

Va nihoyat, - deya hazilomuz qoʻshib quygan :

17) Yangi yildan boshlab, yaʼni ikki haftadan soʻng qay tarzda va qanday soliqlar toʻlashi kerakligini bilmasada, kelajak rejalarini tuza oladigan.

Koʻrdingizmi, tadbirkor boʻlish juda oson, demadimmi? ...

Albatta, ushbu roʻyxatning soʻnggi punkti bugungi kunda Oʻzbekistondagi koʻplab tadbirkorlarni qiziqtirmoqda. Bir necha oy oldin Oʻzbekistonda soliq kodeksining butunlay yangi kontseptsiyasi ishlab chiqarilgan edi, lekin u hanuzgacha qabul qilinmagan. Sabab - Hukumat va Parlament yangi soliq kodeksi borasida haligacha yagona xulosaga kelishgani yoʻq. 

Asosiy mavzular