13:57 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Studentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v Uzekspotsentre

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi tubdan takomillashtiriladi - prezident qarori loyihasi

X. Paydoyev / Narodnoye slovo
Jamiyat
Havola olish
92410

Qaror loyihasida qayd etilishicha, 2019 yil 1 yanvardan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi tugatiladi.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Qaror loyihasida 2019 yil 1 yanvardan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi tugatish va uning boʻshayotgan shtat birliklari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga oʻtkazish haqida band keltirilgan.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tugatilayotgan Markazning barcha huquqlari, aktivlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda markaz xodimlarini ish bilan taʼminlash yuklatish haqida topshiriq yozilgan.

Qaror loyihasiga koʻra, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berish nazarda tutilgan:

2019 yil 1 yanvardan boshlab Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlar) ilmiy darajalariga ega xodimlariga 30 foiz, fan doktori (Dostor of Science) (yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlar) ilmiy darajasiga ega xodimlariga 35 foiz oylik ish xaqiga ustamalar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berish;

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga markaziy apparat xodimlariga vazirlikning Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:

oliy va oʻrta maxsus taʼlim taʼlim tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda oylik ustamalar toʻlash:

3 yildan 5 yilgacha – 10 foiz; 5 yildan 10 yilgacha – 20 foiz; 10 yildan 20 yilgacha – 30 foiz; 20 yildan ortiq – 40 foiz;

xizmat vazifalarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarib kelayotgan xodimlarga lavozim maoshining 200 foizi miqdorigacha oylik ustamalar belgilash huquqini berish.

“Markazining Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, Metrologik nazorat xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari hamda tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining idoraviy boʻysunuviga oʻtkazilsin”, - deyilgan loyihada.

Qaror loyihasiga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tashkiliy tuzilmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari namunaviy tuzilmasi hamda respublikada oliy taʼlim sifatini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ilova qilingan.

Asosiy mavzular