Avtomobillarni ijaraga berish tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yengil avtomobillar qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Hukumat qarori bilan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Na stende marki avtomobiley klassa premium Lexus - Sputnik O‘zbekiston
Xorij avtomobillaridan bojxona to‘lovlarini undirish tartibi yuzasidan izoh berildi

Mazkur nizomga ko‘ra, yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasida taraflar, ya’ni ijaraga beruvchi yuridik shaxs, ijaraga oluvchi (ijarachi) esa jismoniy shaxs bo‘ladi.

Shartnoma tuzish uchun ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Avtomobil Hyundai Nexo - Sputnik O‘zbekiston
Yilning eng xavfsiz avtomobillari aniqlandi - video

- pasport;

- haydovchilik guvohnomasi;

- tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma;

- garov depoziti kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Qisqa muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan so‘ng transport vositasi ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va qabul qilish dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi.

Yangiliklar lentasi
0