O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi manzili o‘zgardi

© Sputnik / Vitaliy AnkovVladivostok
Vladivostok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konsulxonaning eski binosida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli yangi manzilga ko‘chib o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi boshqa manzilga ko‘chib o‘tgani haqida xabar qildi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) quyidagi manzilda joylashadi: 690003, Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi, 46-uy.

“Binoda ta’mirlash ishlari yakunlangani va Bosh konsulxona to‘liq faoliyat boshlagani to‘g‘risida qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi” – deyilgan xabarda.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Uzoq Sharq federal okrugida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari e’tiboriga bosh konsul Rustam Sabirjanovich Ismailovning mobil telefon raqamini ma’lum qilindi: + 7-902-059-76-67.

Yangiliklar lentasi
0