23:43 22 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18

Yevropa va Osiyo chegarasidagi oliygoh: oʻzbekistonliklar uchun yangi oʻquv dasturlar tayyorlandi

Press slujba Yujno-Uralskogo gosudarstvennogo universiteta
Jamiyat
Havola olish
195 0 0

Janubiy Ural davlat universiteti Chelyabinsk shahrida joylashgan.

TOSHKENT, 19 dek – Sputnik. Janubiy Ural davlat universiteti Rossiyaning Yevropa va Osiyo qismida, Chelyabinsk shahrida joylashgan. Qulay joylashuv va yaxshi taʼlim sifati tufayli bugungi kunda universitetda 52 ta davlatdan kelgan ikki mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Oʻzbekistonlik talabalar oʻrtasida qanday yoʻnalishlar ommabop boʻlmoqda? Xalqaro mehnat bozorida universitet bitiruvchilari oʻz oʻrnini topishmoqdami?

Bu savollarga Janubiy Ural davlat universiteti xalqaro faoliyati boʻyicha prorektor Olga Yaroshenko Sputnik muxbiriga javob berdi.

- Bugungi kunda universitetda Markaziy Osiyodan, xususan Oʻzbekistondan nechta talaba tahsil olmoqda? Ular qanday tayyorgarlik yoʻnalishlarini tanlashgan?

- universitetimizda Markaziy Osiyodan koʻpchilik talabalar tahsil olmoqda, xususan Oʻzbekistondan 130 nafar talaba tahsil olmoqda.

Xorijiy abituriyentlar turli yoʻnalishlarni tanlashadi. Koʻp holatlarda tanlov abituriyentlarning ular kelgan davlatlarining iqtisodiyoti va universitetdagi byudjet oʻrinlariga bogʻliq.  

Press slujba Yujno-Uralskogo gosudarstvennogo universiteta
Studentы Yujno-Uralskogo gosudarstvennogo universiteta

- Universitetda xorijiy talabalar bilan ishlashda nimaga eʼtibor qaratilgan?

- Albatta, bizga oʻqish uchun kelgan talabalar uchun masʼuliyatni his qilamiz. Bizning asosiy maqsadimiz – ular nafaqat universitetga kirishi, shuningdek uni muvaffaqiyatli birishi juda muhim.

Biz xorijiy tinlovchilarni albatta aeroportda kutib olamiz. Yotoqxonaga joylashishga yordam beramiz. Markazimiz yangi kelgan tinglovchilarga notanish vaziyatga moslashishga yordam beradi. Har bir birinchi kurs talabasiga shu davlatdan kelgan yuqori kurs talabasi biriktiriladi. Tinglovchilarimizga shaharni koʻrsatamiz. Kerakli narsalar bilan taʼminlaymiz. Ular uchun migratsiya siyosati va Rossiyada boʻlish qoidalarini tushuntirish boʻyicha “axborot kunlari”ni tashkil qilamiz.

Bundan tashqari, biz qobiliyatli sportchilarni tanlab, ularni Sport, turizm institutiga mashq qilish uchun yuboramiz. Masalan, talabalar oʻrtasida erkin kurash juda ommalashgan, bizda sport ustalari bor.

Universitetda xorijiy talabalar uyushmasi bor, uning tarkibiga barcha davlat vakillari kiradi.

Ularda turli davlatlardan kelgan vakillari bilan muloqot qilish imkoniyati bor.

Rossiya tinglovchilari bilan nafaqat oʻquv mashgʻulotlarda, balki birgalikdagi faoliyat davomida rus tilini oʻrganishlari mumkin.

- Abituriyentlarga qanday talablar bor (til bilish darajasi, umumiy tayyorgarlik, olipiadalarda ishtirok etish)?

- Afsuski, olimpiadalarda ishtirok etish xorijiy fuqarolar uchun hisobga olinmaydi. Oʻzbekistonlik talabalar test topshirishadi. Unda rus tili va tanlangan yoʻnalishga qarab fizika, kimyo yoki matematika fanlaridan sinov topshirishadi.

- Universitet bitiruvchilari jahon mehnat bozorida oʻz oʻrinlarini topishadimi?

- Jahonda 200 mingdan ortiq universitetlar bor. Ularning birinchi mingtalikka kirganligimizdan fahrlanamiz. Janubiy Ural davlat universitetida taʼlim olgan talabalar nafaqat Rossiyada, balki jahon mehnat bozorida oʻz oʻrinlarini topishmoqda.

Bizda loyiha taʼlimi faol amalga oshirilmoqda. Talabalarimizda jahon standarlariga javob beradigan laborotoriyalarda ishlash imkoniyati mavjud. Kelgusida yangilarini ochishni rejalashtirganmiz.

Talabalarimiz turli davlatlardan kelgan tinglovchilar bilan tahsil olishadi, ular ingliz tilini yaxshilab oʻrganib olishi mumkin.

Bizda xorijiy oʻqituvchilar ishlashmoqda, xalqaro laboratoriyalarga jahon mavqeidagi professorlar rahbarlik qilishmoqda.

Bundan tashqari, talabalarimiz ingliz tilida soʻzlashuvchi oʻqituvchilari bilan oʻquv mashgʻulot oʻtkazishlari mumkin. Bu hammasi yuqori darajadagi tayyorgarlik haqida dalolat beradi.

Yevropa va Osiyo chegarasida joylashgan universitet ikki qitʼa qadriyatlarini saqlab qolamiz va talabalarimizga Yevropa va Osiyo mehnat bozorida talabga javob beradigan taʼlimni beramiz.

Asosiy mavzular