19:56 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Uzbekskaya valyuta - sum

Markaziy bank maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qildi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
343 0 0

Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida oʻrnatilgan eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Asosiy mezonlari:

• oʻquv jarayonida yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlishi;

• davlat tili, rus tili va kamida bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish – 2019 yil 1 - 15 fevral, koʻrib chiqish va tanlov – 16 fevral - 1 mart.

2018/2019 oʻquv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1 fevraldan boshlab tayinlanadi.

Stipendiya respublika hududida oʻrnatilgan eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Asosiy mavzular