Mirziyoyev Kasaba uyushmasining faxriy oltin nishoni bilan taqdirlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qo‘mitasi rahbarlari va a’zolari, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning kasaba uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi (VKP) Ijroiya qo‘mitasining sayyor yig‘ilishida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi, deb xabar qildi kasabaning matbuot xizmati.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati va mas’ul xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari va hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari rahbarlari, shuningdek, Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qo‘mitasi rahbarlari va a’zolari, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning kasaba uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Osiyoda yil odami deb e’lon qilindi

“Qayd etib o‘tish lozimki, Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi MDH, shuningdek xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda BMTning ixtisoslashtirilgan tashkilotlarida O‘zbekiston manfaatlarini himoya qilishda mazkur tashkilot, shuningdek, unga a’zo bo‘lgan xalqaro tarmoq kasaba uyushmalari birlashmalari tomonidan qo‘llab- quvvatlanish imkoniyatini yaratadi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston mehnatkashlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, umummilliy miqyosda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, O‘zbekiston kasaba uyushmalari nufuzini oshirish borasidagi ulkan  hissasi uchun prezident Shavkat Mirziyoyevni Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasining “Kasaba uyushma harakati oldidagi xizmatlari uchun” Faxriy oltin nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi taklif bir ovozdan qo‘llab quvvatlanib, qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0