09:35 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Osobennoye vnimaniye rukovodstvo udelyayet podgotovke programm po obmenu studentami

Oʻzbekiston taʼlim tizimida oʻzgarishlar bormi?

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jamiyat
Havola olish
Anton Kurilkin
107520

Barcha pogʻonalarda Oʻzbekiston oliy taʼlim sohasini isloh qilish haqida koʻp gapirilmoqda. Sputnik Oʻzbekiston mamlakat taʼlim sohasida 2018 yil amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirdi.

TOSHKENT, 25 dek – Sputnik. Yangi oliygohlar va xorij universitetlarning filiallari, oliy taʼlimga koʻproq erkinlik berish vaʼdalari, shuningdek maktab va ilmiy tadqiqot institutlaridagi oʻzgarishlar – bular barcha yakunlanayotgan yilda amalga oshirildi.

Sputnik Oʻzbekiston respublika taʼlim tizimidagi oʻzgarishlarni oʻrganib chiqdi.

Yangi universitetlar

Oʻtayotgan yilda Oʻzbekistonda qator yangi oliygohlar ochildi. Ehtimol, eng diqqatga sazovor boʻlgani - maxsus jurnalistika universiteti ochilishidir. Oliygohning rahbariyati maʼlum qilishicha, talabalarga taʼlim berishda M.V.Lomonosov nomidagi MDU, SPDU, shuningdek Hindiston, Turkiya va Janubiy Koreyadan hamkasblar yordam beradi.

Xorij oliygohlarining filiallari ochilishiga ham boy yil boʻldi: bir yil ichida Oʻzbekistonda MISiS va Janubiy Koreyaning Puchon oliygohi filiallari ochildi.

Keyingi yillarda mamlakatda Butunrossiya kinematografiya davlat instituti (VGIK), Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO), Rossiya jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm davlat universitetining filiallari ochiladi.

MGIMO filiali yaqin vaqtlarda ochilishi mumkin. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov soʻzlariga koʻra, barcha dastlabki ishlar amalga oshirildi, faqat universitet nizomiga oʻzgartirish kiritish qoldi.  

Oʻzbekistonda gʻarbiy Yevropa universiteti filiallari ochilishi boʻyicha ham ish olib borilmoqda: OAVlar Frantsiya va Buyuk Britaniya universitetlarining filiallari ochilishi haqida bir necha marta xabar qilgandi.

Oliy taʼlimning yuz yilligi

Shu yilda Markaziy Osiyoda qadimiy oliygohi – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy Universitet yuz yillik yubileyini nishonladi.

Milliy universitetning yoshi yanada koʻproq boʻlishi mumkin edi – Turkiston general-gubernatori fon Kaufman oliy taʼlim tizimini yaratish haqida oʻylagandi. Biroq oʻsha vaqtda Kaufmanning erta va kutilmagan oʻlimi sababli bu reja amalga oshirilmagandi.  

Ammo Toshkentga universitet juda zarur edi va bu fikrga hukumat tomonidan eʼtiroz bildirilmagan – mintaqada oliy taʼlim tizimi kerakligini chor hukumati, vaqtinchalik hokimiyat, bolsheviklar yaxshi tushunishgan.   

Natijada 1918 yilda sovet hukumati tomonidan Turkiston universitetini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Lekin oliygoh barcha yoʻnalishlar boʻyicha toʻlaqonli ish faoliyatini ikki yildan soʻng, Moskvadan Toshkentga “professorlar poyezdi” kelgandan keyin boshladi. Ushbu poyezda Markaziy Osiyoga 86 nafar professor - oʻqituvchilar va kerakli jihozlar olib kelindi.

Bir necha nom oʻzgartirishlardan keyin, bugun Mirzo Ulugʻbek nomidagi milliy universitet mintaqada eng kuchli oliygohlardan biri hisoblanadi.

Muvaffaqiyat uchun buyurtma

Mamlakatning innovatsion rivojlanish Strategiyasida bu yil taʼlim tizimini isloh qilish toʻgʻrisida bayonot toʻsatdan eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston dunyoning top-50 mamlakatlar roʻyxatiga kirishiga doir chora-tadbirlarni koʻzda tutadigan qonun taʼlim tizimini isloh qilish boʻyicha katta boʻlimni oʻz ichiga olgandi.

Mualliflarning fikriga koʻra, mamlakatda vaziyatni yaxshilash uchun inson kapitali rivojiga sarmoya kiritish kerak.

Buning uchun nogiron bolalar uchun maktablar ochish, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish va maktablarni pedagog-defektolog va psixologlar bilan taʼminlash nazarda tutadi.   

Oliygohlarga ham koʻproq erkinlik berish rejalashtirilgan – ilmiy-pedagogik erkinlikdan maʼmuriy va moliyaviy mustaqillikkacha.

Shu bilan birga, qonunda oliygohlar uchun moliyalashtirishni koʻpaytirish va xorij universitetlarning yangi filiallarni ochish haqida alohida aytilgan.

Oʻtgan yil ushbu yoʻnalishda muntazam ravishda aniq qadamlar qoʻyilayotganini koʻrsatdi.

Asosiy mavzular