Bosh vazir o‘rinbosarlari parlament tomonidan tasdiqlanadi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz
17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etdi.

TOShKENT, 28 dek – Sputnik.  Prezident parlamentga murojaatida Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etilishi taklif qildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri deb xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na rasshirennom soveshanii s sotrudnikami SGB - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 2019-yil nomini e’lon qildi

“Hozirda parlament bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin, vazirlarni lavozimga qo‘yishda qatnashmaydi. Shuning uchun hukumat a’zolari parlament oldida mas’uliyatni yetarli darajada his etayotgani yo‘q. Shu bois, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman.

Bo‘lajak vazir parlament a’zolari oldida sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini himoya qilsin va unga erishish yo‘llarini asoslab bersin. Bir so‘z bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin. Shundan so‘ng men imzo chekaman”, - deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda bo‘lajak vazirlar parlament oldida mas’uliyatni his etishi, lavozimga munosibligini isbotlashi kerakligi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0