19:26 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Rabota taksi v Moskve

Haydovchi-migrantlar Rossiya qonunchiligida talabchanlik kuchayishiga tayyor boʻlishlari kerak

© Sputnik / Maksim Blinov
Jamiyat
Havola olish
334 0 0

Agar migrant Rossiyada taksi haydovchisi sifatida ishlamoqchi boʻlsa, u Rossiya fuqaroligi va haydovchilik guvohnomasini olishi shart, deb hisoblaydi “Taksist” Kasaba kengashi rahbari.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Rossiya deputatlari 2019 yilda yoʻlovchi tashuvchi toʻgʻrisidagi qonunga chet el fuqarolariga Rossiyada taksi haydovchisi boʻlib ishlashni taʼqiqlovchi oʻzgartirishlarni kiritishni rejalashtirishmoqda.

“Taksist” Kasaba kengashi raisi, Rossiya Transport vazirligi qoshidagi jamoatchilik kengashi aʼzosi Andrey Popkovning soʻzlariga koʻra, rejalashtirilayotgan chora Rossiya uchun zarurdir.

Haydovchi-migrantlarga yana bir yil muhlat berildi

“Agar chet ellik fuqaro yoʻlovchi tashuvchi sohasida ishlamoqchi boʻlsa, avval kamida Rossiya haydovchilik guvohnomasini olsin. Bu murakkab va uzoq muddat talab qiladigan jarayon. Chunki bu uchun fuqarolarning vataniga soʻrov yuboriladi. U yerda esa turli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin – yoki u haydovchilik huquqidan mahrum boʻlgan, yoki haydovchilik guvohnomasini boshqa davlatda olgan. Bu hammasi oson ish emas”, - deydi Popkov.

Popkov soʻzlariga koʻra, kasaba qonuniy ishlayotgan taksi haydovchilarga qonunchilik doirasida qayta taʼlim olishga va haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishga yordam berishga tayyor. Shu bilan birga u yoʻlovchi tashuvchi sohasidagi qonunlarda talabchanlik kuchayishiga tayyor turish kerakligi haqida ogohlantirdi.

Oʻzbekistonda mast haydovchilar alkotester yordamida fosh etiladi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq chet el fuqarolariga 2019 yilda Rossiyada yengil avtomobil haydovchisi boʻlib ishlashga taʼqiq qoʻyilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

 

Asosiy mavzular