04:39 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Alan Abdullayev

Magnitogorskda migrant 8 kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi

© Vk.com/ Alan Abdullayev
Jamiyat
Havola olish
706 0 0

Alan Abdullayev FVV xodimlari kelishidan oldin sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi.

TOSHKENT, 6 yanv  — Sputnik. Oʻzbekistonlik Alan Abdullayev FVV xodimlari kelishidan oldin sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi, deb xabar qildi "Komsomolskaya pravda" nashri.

Xabarda aytilishicha, 31 dekabr kuni erta tongda Alan Abdullayev namoz oʻqishga tayyorgarlik koʻrayotgandi. Oʻshanda, mahalliy vaqt bilan soat 06:00lar atrofida turar joyda portlash sodir boʻldi.

Yigit darhol kiyimlarini oʻzgartirib, koʻchaga yugurib chiqqan.

U odamlarni vayronalar ostidan chiqarib olishni boshlab, yonayotgan va qulashi mumkin boʻlgan kvartiralardan kishilarni chiqargan. 

“Sakkiz kishiga yordam berdik: ikki insonni FVV xodimlarining yordamisiz chiqarib oldik, bolali ayol va ayol yonidagi kishi, yana uch kishi”, - dedi Alan.

“Men odamlarni topganimda, u yerda yongʻin yuzaga kelgandi. Men oʻta olmadim. Menga oʻt oʻchirgich berishdi. Oʻchirib, ichkariga kirdim, kimnidir tirik holda topdim. Shundan keyin kirib-chiqishni boshladim. Bu biroz qoʻrqinchli edi, lekin men yordam berishga harakat qildim”, - deb qoʻshimcha qildi A.Abdullayev.

Eslatib oʻtamiz, 31 dekabr kuni ertalab soat 4 da Magnitogorskda maishiy gaz portlashi oqibatida oʻn qavatli uyning podʼyezdlaridan biri qulab tushdi.

FVV qutqaruv operatsiyasini yakuniga yetkazdi, vayron boʻlgan bino uyumlari ostidan qutqaruvchilar 39 nafar qurbon jasadini olib chiqdilar.

Asosiy mavzular